Daryo

“Liverpul” — “Manchester Yunayted” uchrashuvi o‘tkazilishi so‘roq ostida turibdi

Bunga Liverpul shahriga yog‘gan kuchli qor sabab bo‘lishi mumkin

1 daqiqa o‘qish5 301 ko‘rishlar0 izoh0

Angliya premyer-ligasining 20-turi doirasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Liverpul” — “Manchester Yunayted” o‘yini bekor qilinishi mumkin.

Bunga Liverpul shahriga yog‘gan kuchli qor sabab bo‘lishi mumkin.

“Liverpul” klubi matbuot xizmati bergan xabarga ko‘ra, bugun ertalab  xavfsizlik yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan va unda uchrashuv odatdagidek o‘tishi rejalashtirilgan.

Endilikda joriy sharoitlarni baholash uchun yana bir xavfsizlik yig‘ilishi bo‘ladi. Hozircha yakuniy qaror qabul qilinmagan.

Maʼlumot uchun, “Liverpul” APLda 18 o‘yindan so‘ng 45 ochko jamg‘argan holda yetakchilik qilmoqda, “Manchester Yunayted” esa 19 o‘yinda 22 ochko jamg‘arib, 14-o‘rinda bormoqda.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar