Daryo

Norvegiyada favqulodda qo‘nish chog‘ida yo‘lovchi samolyoti uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketdi

Amsterdamga qarab uchayotgan Boeing 737-800 samolyoti bortida 176 nafar yo‘lovchi va 6 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan

1 daqiqa o‘qish10 340 ko‘rishlar0 izoh0

Norvegiyadan Niderlandiyaga uchayotgan yo‘lovchi samolyoti favqulodda qo‘nish vaqtida uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketdi.

Gollandiyaning Royal Aviation Company aviakompaniyasi maʼlumotlariga ko‘ra, samolyot Oslo aeroportidan ko‘tarilish vaqtida baland ovoz eshitilganidan so‘ng Sannefyord xalqaro aeroportiga yo‘naltirilgan.

Favqulodda qo‘nish chog‘ida Boeing 737-800 samolyoti uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib, o‘tlar ustida to‘xtab qolgan.

Samolyotning 176 nafar yo‘lovchisi va 6 nafar ekipaj a’zosi evakuatsiya qilingan, ulardan hech biri jabrlanmagan. Hodisa yuzasidan tergov boshlangani ma’lum qilindi.

Norvegiya matbuotiga ko‘ra, samolyot gidravlik tizimdagi nosozlik tufayli favqulodda qo‘nishni amalga oshirgan.

29-dekabr, yakshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 9:07 da Jeju Air aviakompaniyasining Boeing 737-800 yo‘lovchi samolyoti Janubiy Koreyada halokatga uchradi. Tailandning Bangkok shahridan Janubiy Koreyaning Muan shahriga uchayotgan samolyot qo‘nish vaqtida uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketgan va panjaraga urilgan, shundan so‘ng u ikki qismga bo‘lingan va yonib ketgan. Oxirgi ma'lumotlarga ko'ra, 177 nafardan ortiq odam halok bo'lgan.

28-dekabr kuni Kanadaning Galifaks aeroportida samolyot qo‘nish chog‘ida yonib ketgani xabar qilingan. Yo‘lovchilarning so‘zlariga ko‘ra, samolyot shassisining g‘ildiraklaridan biri ishlamay qolgan. Galifaks aeroporti samolyot bortidagi barcha yo'lovchilar va ekipaj a'zolari evakuatsiya qilinganini xabar berdi. 

25-dekabr kuni Boku-Grozniy marshruti bo‘yicha uchgan samolyot Qozog‘istonning Oqtov shahrida qulagan, oqibatda 38 nafar odam halok bo‘lgandi.

Toshkentdanman. O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakultetini tamomlaganman. 20 yildan beri jurnalistika sohasidaman. “Daryo”da 2022-yildan beri ishlayman. Hozirda Tahlil va tarjima bo‘limi boshlig‘iman. Yoqtirgan kinoim: "Balamut". Kitoblardan esa O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asari yoqadi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar