Daryo

BAAda ham samolyot qulab tushdi. Qurbonlar bor 

Bu samolyot bilan yuz bergan bir haftda ichidagi to‘rtinchi hodisadir

1 daqiqa o‘qish47 353 ko‘rishlar0 izoh0

Birlashgan Arab Amirliklarida Jazirah Aviation Club aviakompaniyasiga tegishli yengil motorli samolyot dengizga qulab tushdi. Bu haqda Khaleej Times xabar berdi.

Illyustrativ foto: Khaleej Times

Ma’lum qilinishicha, aviahalokat oqibatida uchuvchi va hamrohi halok bo‘lgan. Marhumlar orasida BAAda tug‘ilib o‘sgan 26 yoshli hind shifokori Sulaymon Al Majid bor. Uning otasi Majid Mukarramga ko‘ra, halokat Cove Rotana mehmonxonasi yaqinida soat 14:00 da parvozdan ko‘p o‘tmay sodir bo‘lgan. Aviahalokatda 29 yoshli pokistonlik ayol uchuvchi ham hayotdan ko‘z yumgan.

Ishchi guruhlar va tegishli organlar halokat sabablarini aniqlash bo‘yicha tergovni davom ettirmoqda. BAA fuqaro aviatsiya xizmati qurbonlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirgan. 

Bu samolyot ishtirokida bir haftadan yuz bergan to‘rtinchi hodisadir. Avvalgilari:

♦ 25-dekabr kuni Qozog‘istonning Oqtov shahrida yuz berdi. Ozarbayjon samolyoti qulashi oqibatida 38 kishi halok bo‘ldi, 29 kishi omon qoldi. Aviatexnika ko‘zdan kechirilganida teshiklar aniqlandi. Ozarbayjon prezidenti samolyot Grozniy yaqinida o‘qqa tutilgani, bu samolyotni ishdan chiqarganini aytdi. Ilhom Aliyev Rossiyadan uzr so‘rash, aybdorlarni jazolash va kompensatsiya to‘lashni talab qildi.

♦ 29-dekabr kuni Janubiy Koreyada Bangkokdan Muanga parvoz qilayotgan Jeju Air aviakompaniyasining Boeing 737-800 samolyoti belgilangan aeroportga qo‘nayotganda yonib ketdi. Hodisa oqibatida 179 kishi halok bo‘ldi, ikki kishiga omon qoldi. Holat yuzasidan Koreyada 7 kunlik motam e’lon qilindi.

♦ 29-dekabr kuni Boeing 737-800 samolyoti Oslo shahriga favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi. Amsterdamga uchayotgan samolyot gidravlikasida nosozlik yuz bergan. Samolyot Oslo aeroportiga qo‘nish chog‘ida uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketib, o‘tlar ustida to‘xtagan. OAV hech kim jabrlanmagani, yo‘lovchilar evakuatsiya qilingani haqida yozmoqda.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar