Daryo

Ozarbayjon samolyotining halokatiga Rossiya raketasi sabab bo‘lgan — Euronews

Telekanal xabariga ko‘ra, yo‘lovchi samolyotiga “yer havo” raketa tizimi bilan zarba berilgan

2 daqiqa o‘qish39 691 ko‘rishlar0 izoh0

Qozog‘istonning Oqtov shahri yaqinida qulagan samolyot halokatiga Rossiya zenit raketasi sabab bo‘lgan. Bu haqda Euronews telekanali Ozarbayjon hukumatidagi manbalariga tayanib xabar bermoqda.

Ozarbayjon hukumatidagi manbalar Qozog‘istonning Oqtov shahrida halokatga uchragan Azerbaijan Airlines samolyotining qulashiga Rossiyaning yer havo raketasi sabab bo‘lganini Euronews telekanaliga “eksklyuziv tarzda” tasdiqlagan.

Dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, Grozniy ustidan uchib borayotgan vaqtda samolyotga havo mudofaa tizimi bilan zarba berilgan. Zenit raketa havodagi samolyot yonida portlab, metall parchalar ekipaj va yo‘lovchilarni jarohatlagan. Biroq uchuvchilarning favqulodda qo‘nish haqidagi so‘rovlariga qaramay, Rossiyaning birorta aeroportiga qo‘nishga ruxsat bermagan. Shundan so‘ng ekipajga Kaspiy dengizi orqali Qozog‘istonning Oqtov shahri tomon uchish buyurilgan.

Ma‘lum qilinishicha, Rossiya armiyasi tomonidan qo‘llanilgan radioto‘lqinli qurollar samolyotning GPS navigatsiya tizimiga zarar yetkazgan.

Raketa Pansir-S havo mudofaa tizimidan uchirilgan, deb xabar bermoqda AnewZ nashri Ozarbayjon hukumatidagi manbalariga tayanib.
Rossiyaning Pansir-S1 havo mudofaa tizimi
Foto: Sergey Bobylev / Getty Images

Boku-—Grozniy reysining vaqti Ukraina armiyasi tomonidan Chechenistonga dron zarbalari berilgan vaqtga to‘g‘ri keldi. Checheniston Xavfsizlik kengashi rahbari Hamzat Qodirov 25-dekabr kuni ertalab Grozniyga dronlar bilan hujum uyushtirilganini tasdiqladi.

Tarmoqlarda paydo bo‘lgan video J2-8243 reysi Grozniyga uchayotgan vaqti Chechenistonda olingan bo‘lib, unda Ukraina droni Pansir-S tizimi yordami bilan urib tushirilishi aks etgan.

2014-yil 12-iyul kuni Ukraina hududida halokatga uchragan Malaysiya Airlines aviakompaniyasiga tegishli Boeing-777 samolyotining qulashiga ham Rossiya tomoni aybdor deb topilgandi. Gaaga sudi Malayziya samolyoti Pervomaysk shahrida “Buk” havo mudofaa tizimi tomonidan urib tushirilganini ma’lum qilgan.

Agar yuqoridagi da’volar o‘z tasdig‘ini topsa, Rossiya so‘nggi o‘n yil ichida ikkinchi bor yo‘lovchi samolyotiga zarba bergan bo‘lib chiqadi. Bu safar qurbonlar orasida rossiyaliklar bilan birga, qo‘shni davlatlar fuqarolari ham bor.

Fojia vaqti samolyot bortida jami 67 kishi, jumladan, Ozarbayjon (37), Rossiya (16), Qozog‘iston (6) va Qirg‘iziston (3) fuqarolari bo‘lgan. Ulardan 38 nafari falokat qurboniga aylandi.

Andijonlikman, Toshkentda yashayman. Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetini tamomlaganman. “Daryo” tahririyatida 2024-yil noyabr oyidan buyon muxbir sifatida ishlayman va siyosiy, ijtimoiy hamda harbiy yoʻnalishlarga ixtisoslashgan materiallar tayyorlayman. “If qaʼlasining mahbusi” filmini miriqib tomosha qilaman. Lev Tolstoyning asarlarini, ayniqsa, “Urush va tinchlik”ni yoqtiraman.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar