Daryo

Frensis Ngannu Fyuri bilan jang qilish niyatida

Ular o‘rtasidagi ilk jangda Fyuri nokdaunga uchraganiga qaramay, yakunda g‘alaba qozongan edi

1 daqiqa o‘qish18 581 ko‘rishlar0 izoh0

Og‘ir vazn toifasidagi sobiq UFC chempioni Frensis Ngannu, boks bo‘yicha og‘ir vazn toifasidagi sobiq Jahon chempioni britaniyalik Tayson Fyuri va WBC, WBA hamda WBO yo‘nalishlari bo‘yicha amaldagi jahon chempioni Oleksandr Usik o‘rtasidagi revansh jangidan so‘ng Fyuriga chaqiriq tashladi.

Foto: Getty Images
“Endi men shuni xohlayman: hamma Tayson Fyuri va Frensis Ngannu o‘rtasidagi jangni ko‘rsin. Bugungi kunda boksda men uchun faqat shu jang muhim”, deya Ngannu so‘zlarini keltirdi MMAinsight nashri.

Ma’lumot uchun, Fyuri va Ngannu o‘rtasidagi ilk jang 2023-yil oktabr oyida bo‘lib o‘tgan va o‘sha jangda Fyuri jang davomida nokdaunga uchraganiga qaramay, hakamlarning ajralgan qarori bilan g‘alaba qozongan edi.

Tayson Fyuri va Oleksandr Usik o‘rtasidagi revansh jangida ikkinchi bor ukrainalik bokschining qo‘li baland keldi.

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar