Daryo

Putin MDH davlatlari rahbarlari bilan uchrashadi

Uchrashuv “Igora” tog‘ chang‘i kurortida bo‘lib o‘tadi. Tojikiston prezidenti bilan alohida muzokara rejalashtirilgan

1 daqiqa o‘qish27 871 ko‘rishlar0 izoh0

Rossiya prezidenti Vladimir Putin shu hafta MDH davlatlari rahbarlari norasmiy sammitini, Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashi yig‘ilishini va Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan muzokaralar o‘tkazadi. Bu haqda prezident yordamchisi Yuriy Ushakov ma’lum qildi.

Foto: kremlin.ru

Barcha tadbirlar Leningrad viloyatidagi “Igora” tog‘ chang‘i kurortida bo‘lib o‘tadi. Putin 24-dekabr kuni Emomali Rahmon bilan savdo, xavfsizlik, madaniyat va gumanitar masalalar bo‘yicha ikki tomonlama munosabatlarning asosiy jihatlarini muhokama qiladi.

Migratsiya muammolariga, shuningdek, 2024-yilda Rossiyaning MDHga raisligi va 2025-yilda Tojikistonning bo‘lajak raisligiga alohida e’tibor qaratiladi. Afg‘onistondagi vaziyat va boshqa mintaqaviy masalalarni muhokama qilish rejalashtirilgan, deyiladi xabarda.

25-dekabr kuni MDH davlat rahbarlarining an’anaviy norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Putin 2024-yilda Rossiya raisligi yakunlarini sarhisob qiladi va norasmiy vaziyatda MDH va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qiladi.

26-dekabr kuni “Igora”da Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi, unda Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi (YOII) doirasida integratsiyani chuqurlashtirish masalalari muhokama qilinadi. Tadbirda Qozog‘iston, Belarus, Qirg‘iziston va O‘zbekiston prezidentlari, shuningdek, Kuba vakillari ishtirok etadi. Umumiy gaz va neft bozorini yaratish, shuningdek, 2025-yilga mo‘ljallangan rejalar, shu jumladan Eronga YOIIda kuzatuvchi davlat maqomini berish masalalari muhim mavzular bo‘ladi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar