Daryo

AQSH Qizil dengizda yanglishib o‘z qiruvchi samolyotini urib tushirdi

Amerika habiylari yo‘l qo‘ygan xato yuzasidan tergov o‘tkazilmoqda

1 daqiqa o‘qish16 851 ko‘rishlar0 izoh0

Qizil dengizda Amerika harbiylari adashib, o‘z qiruvchi samolyotlaridan birini urib tushirdi. Ikkala uchuvchi ham katapulta qila oldi, ulardan biri yengil jarohatlangan. Bu haqda Deutsche Welle xabar berdi.

Foto: Getty Images

F/A-18 qiruvchisi bilan sodir bo‘lgan voqea haqida AQSH Qurolli kuchlari Markaziy qo‘mondonligi ma’lum qildi. Unga ko‘ra, “Garri Truman” aviatashuvchisidan uchgan samolyotni “Gettisberg” esminetsi tomonidan otilgan raketa urib tushirgan. Amerika qo‘mondonligi to‘liq tergov o‘tkazilayotganini ta’kidladi.

AQSHning husiy pozitsiyalariga hujumi

AQSH qo‘shinlari mintaqada, jumladan, Yamanda faoliyat yuritayotgan husiylar guruhi tahdidlariga qarshi kurashish uchun joylashtirilgan. 21-dekabr kuni harbiylar Yaman poytaxti Sana yaqinidagi husiy pozitsiyalariga zarbalar berdi. Bundan tashqari, Qizil dengiz ustida husiylarga tegishli bir nechta dron va bitta qanotli raketa urib tushirildi.

G‘azo sektorida Isroil va HAMAS guruhi o‘rtasidagi qurolli qarama-qarshilikning yangi bosqichi boshlanganidan buyon husiylar muntazam ravishda Isroildagi nishonlarga va Qizil dengizdagi kemalarga hujum qilmoqda. Bunga javoban AQSH harbiylari ularning obyektlari va qurol-yarog‘ tizimlariga zarbalar bermoqda. Qo‘shma Shtatlardan tashqari, dengizda kemalar xavfsizligini ta’minlashda Buyuk Britaniya ham ishtirok etmoqda.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar