Daryo

Amazon kompaniyasida tarixdagi eng yirik ish tashlash boshlandi

Norozilik namoyishlarida Nyu York, Atlanta va San Fransisko kabi yirik shaharlardagi Amazon kompaniyasi markazlari xodimlari ishtirok etmoqda

1 daqiqa o‘qish11 587 ko‘rishlar0 izoh0

 Amazon kompaniyasining tovarlarni tarqatish bo‘yicha yettita markazining ishchilari 19-dekabr kuni ish tashlash e’lon qildi.

Amazon Teamsters kasaba uyushmasi buni kompaniya tarixidagi eng yirik ish tashlash sifatida baholadi. CNN ma’lumotlariga ko‘ra, kompaniya haydovchilari ham ish tashlashga qo‘shilgan.

Foto: BBC

Norozilik namoyishlarida Nyu York, Atlanta va San Fransisko kabi yirik shaharlardagi Amazon kompaniyasi markazi xodimlari ishtirok etmoqda.

Amazon Teamsters kasaba uyushmasi kompaniya vakillarini muzokaralar stoliga kelishga chaqirib, ishchilar uchun yaxshi sharoitlar yaratishni talab qilmoqda.

Foto: Amazon

Kasaba uyushmasining ma’lum qilishicha, ular Amazon kompaniyasining 10 000 ga yaqin ishchisi manfaatlarini himoya qilmoqda. Bu kompaniyaning AQSHdagi jami ishchi kuchining 1% dan kamrog‘ini tashkil qiladi. Qo‘shma Shtatlardagi Amazon tarqatish markazlari soni 600 dan oshadi.

Amazon kompaniyasi mazkur ish tashlash buyurtmalar ko‘p bo‘lgan bayram mavsumida yetkazib berish vaqtlari uzayishiga olib kelmasligiga mijozlarni ishontirmoqda, deb xabar berdi CNN.

Toshkentdanman. O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakultetini tamomlaganman. 20 yildan beri jurnalistika sohasidaman. “Daryo”da 2022-yildan beri ishlayman. Hozirda Tahlil va tarjima bo‘limi boshlig‘iman. Yoqtirgan kinoim: "Balamut". Kitoblardan esa O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asari yoqadi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar