Daryo

Xavi Italiya klubini boshqarishi mumkin

Kataloniya klubi afsonasi klub rahbariyati bilan aloqaga chiqib, A Seriyada murabbiylik qilishdan mamnun bo‘lishini ma’lum qilgan

1 daqiqa o‘qish11 636 ko‘rishlar0 izoh0

“Barselona” klubining sobiq bosh murabbiyi Xavi, agar amaldagi bosh murabbiy Paulo Fonseka iste’foga chiqsa, Italiyaning “Milan” klubini boshqarishi mumkin. Bu haqda El Nacional xabar berdi.

Foto: Getty Images

Manbaga ko‘ra, Xavi klub rahbariyati bilan allaqachon aloqaga chiqqan va A Seriya klubiga murabbiylik qilish borasida ijobiy fikrdaligini ma’lum qilgan.

Avvalroq OAVda Xavi “Barselona”ning sobiq futbolchilari Lionel Messi, Luis Suares, Xordi Alba va Serxio Buskets to‘p suradigan “Inter Mayami”ni boshqarishdan bosh tortgani haqida ma'lumotlar paydo bo'lgandi.

Ma’lumot uchun, Xavi o‘tgan mavsum oxirida Kataloniya klubi bosh murabbiyligidan ketgandi. Uning qo‘l ostida “Barselona” chempionlikni va Ispaniya Superkubogini qo‘lga kiritdi.

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar