Daryo

SpaceX sayyohlarni kosmosga olib chiqqanda xavfli vaziyat kuzatildi

Ilon Maskning kompaniyasi sentyabrda kosmosga to‘rt nafar sayyohni olib chiqqandi

1 daqiqa o‘qish25 026 ko‘rishlar0 izoh0

Milliarder Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi sentyabr oyida sayyohlarni kosmosga olib chiqishi paytida favqulodda vaziyat kuzatildi. Kamida bir soat davomida Yerdan boshqarish imkoniyati yo‘qoldi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Foto: Yandex Images

Ma’lum qilinishicha, Kaliforniyadagi SpaceX obyektida elektr ta’minoti uzilgani sababli Yer bilan aloqa yo‘qolgan. SpaceXning besh kunlik Polaris Dawn missiyasi davomida xususiy astronavtlar, jumladan, milliarder va Maskning uzoq yillik hamkori Jared Ayzekman kosmosga chiqqandi. AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp uni NASA boshlig‘i lavozimiga nomzod sifatida ko‘rsatgan.

Kosmik sayyohlarga ko‘ra, elektr ta’minoti uzilishi tufayli SpaceX kompaniyasi Dragon kosmik kemasini orbitada qisqa muddat davomida boshqara olmagan. Ayzekman va SpaceXning yana uch astronavti xavfsiz holatda qolib, kompaniyaning Starlink sun’iy yo‘ldosh tarmog‘i orqali Yer bilan ma’lum darajada aloqani saqlab turgan.

Ushbu hodisa NASA hamda Mask va Ayzekman vakillari bo‘lgan xususiy kosmik kompaniyalar o‘rtasidagi raqobat masalasini yana ham keskinlashtirdi. Ular Trampning kelajakdagi ma’muriyatida mas’uliyatli lavozimlarni egallashga tayyorgarlik ko‘rmoqda, deyiladi xabarda.

O‘zlariga taklif etilayotgan vazifalarda Ayzekman NASAni boshqarishi, Mask esa samaradorlik bo‘yicha hukumat komissiyasiga rahbarlik qilishi ko‘zda tutilgan. Har ikkala shaxs ham SpaceX va boshqa xususiy kosmik operatorlar bilan hamkorlik qiluvchi va ularni tartibga soluvchi agentliklarga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar