Daryo

Abduqodir Husanov Fransiya chempionatining 15-tur ramziy jamoasidan o‘rin oldi

Ushbu turda o‘zbekistonlik himoyachi to‘liq harakat qildi

1 daqiqa o‘qish46 000 ko‘rishlar0 izoh0

Fransiyaning eng mashhur nashrlaridan biri “L’Equipe” Liga 1 ning 15-tur ramziy terma jamoasini eʼlon qildi.

Foto: Getty Images

Undan “Lans” va O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov ham o‘rin olgan. Ushbu ramziy jamoaga yana bir osiyolik futbolchi, “Monpelye” hamda Iordaniya terma jamoasi vingeri Mussa Al Tamari ham kiritildi.

“L’Equipe” talqiniga ko‘ra Fransiya chempionati 15-tur ramziy jamoasi:

Foto: L’Equipe

Ma’lumot uchun, 15-turda “Lans” klubi “Oser” klubi mehmoni bo‘ldi. Uchrashuv durang natija bilan yakunlandi. Uchrashuvda Abduqodir Husanov to‘liq harakat qildi.

Avvalroq futbolchi O‘zbekistonning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun da’vogarlardan biri bo‘lgandi. Yakunda “SSKA” futbolchisi eng yaxshi deb topildi.

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar