Daryo

“Chelsi” bosh murabbiyi “Tottenhem” ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?

“Aristokratlar” mehmonda hamshaharlari ustidan irodali g‘alabaga erishdi

1 daqiqa o‘qish13 594 ko‘rishlar0 izoh0

APLning 15-turidan o‘rin olgan “Tottenhem” – “Chelsi” uchrashuvi 8-dekabr, yakshanba kuni o‘tkazildi. 

Foto: Getty Images

Uchrashuvning birinchi bo‘limidan so‘ng “aristokratlar” 2:1 hisobida mag‘lub bo‘layotgan edi. Ikkinchi bo‘limga kelib esa “Chelsi” uchta gol urib, hisobni o‘zgartira bildi.

Uchrashuvdan so‘ng “Chelsi” bosh murabbiyi Enso Mareska o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 

“O‘tgan hafta men muxlislarni xursand qilish uchun ishlayotganimizni aytdim va bugun ular mamnun bo‘lishlari mumkin. Kukurelyaning xatolari? O‘yinchilar qanday butsa kiyishni bilish uchun yetarli yoshda. U bahsdan keyin menga hissiyotlarini o‘yinga qo‘shishga harakat qilganini aytdi.

Asosiysi — 0:2 hisobida mag‘lub bo‘layotganda, to‘p bilan va to‘psiz ham reja asosida harakat qilishda, imkoniyatlar yaratishda davom etdik. Ikkinchi bo‘limda taktikamizni o‘zgartirdik. O‘ylashimcha, g‘alaba qozonishga haqli edik”, – deydi murabbi.

Mareska tanaffusdagi almashtirishlar xususida shunday dedi:

”Birinchi navbatda, bizda Romeo Lavia bilan muammolar bor. Uning o‘rniga Malo Gusto tushdi va biz Moyses Kaysedoning pozitsiyasini o‘zgartirdik”.

Italiyalik mutaxassisning aytishicha, Lavia son mushaklarida muammolarga duch kelgan, ammo u hozir yaxshi. 

”Dekabrda tavakkal qilmoqchi emasmiz. Baʼzida futbolchini 5-6 o‘yinga yo‘qotgandan ko‘ra, tanaffusda o‘zgarish qilgan maʼqul. 

Palmer? Men Koulni anchadan beri bilaman va unga ishonib kelganman. U — fantastik yigit. U birga-bir o‘ynashni o‘rganmoqda, Bissuma butun o‘yin davomida u bilan birga edi. Palmer o‘rganadi, yaxshilanadi va gol uradi. Bu uni va bizni xursand qiladi. G‘oya o‘yinchilarning bo‘shashishiga yo‘l qo‘ymaslikdir. Ular ortlarida boshqa futbolchi kutayotganini bilishadi”, — deydi Enso Mareska.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar