Daryo

“Chelsi” Mudrikning kelajagi bo‘yicha qaror qabul qildi

Ukrainalik futbolchiga “Vest Hem” Aston Villa” va “Marsel” klublari qiziqish bildirayotgan edi

1 daqiqa o‘qish7 670 ko‘rishlar0 izoh0

Londonning “Chelsi” klubi ukrainalik hujumchi Mixail Mudrik bo‘yicha 2025-yil yanvar oyidagi transfer oynasi uchun rejalari haqida qaror qabul qildi.

Foto: Getty Images

Britaniyalik jurnalist Ben Jeykobning so‘zlariga ko‘ra, klub Mixail Mudrikni yanvar oyida ijaraga berish yoki sotish variantini ko‘rib chiqmayapti. Uning mavsum o‘rtasida “Chelsi”ni tark etishi ehtimoldan yiroq. Klub Mudrikni qo‘llab-quvvatlashda davom etmoqda va uning transferi uchun hech qanday variant qidirmayapti.

Mudrikga “Vest Hem”, “Aston Villa” va “Marsel” klublari qiziqish bildirayotgan edi.

Joriy mavsumda Mudrik “Chelsi” safida barcha turnirlarda 16 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Mixail 2023-yilning yanvarida London klubiga qo‘shilgan edi.

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar