Daryo

Doping sinovidan o‘tolmagan Mudrik Pogba ishi bilan shug‘ullangan advokatlarni yolladi

Futbolchi noma’lum muddatga futboldan chetlatilgan edi

1 daqiqa o‘qish8 066 ko‘rishlar0 izoh0

“Chelsi”ning ukrainalik futbolchisi Mixail Mudrik ijobiy doping-testi bilan bog‘liq vaziyatni hal qiladigan Morgan Sports Law ixtisoslashgan yuridik firmasini yolladi. Bu haqda Britaniyaning The Telegraph portali xabar bermoqda.

Foto: Getty Images

Manbaga ko‘ra, Morgan Sports Law — bu aynan Pol Pogba bilan ishlagan kompaniya. Fransuz futbolchisi dastlab to‘rt yilga diskvalifikatsiya qilingan edi, biroq apellyatsiyadan so‘ng bu muddat 18 oygacha qisqartirildi.

Avvalroq xabar qilinishicha, “aristokratlar” bosh murabbiyi Enzo Mareska vaziyatdan xabardor bo‘lib, so‘nggi o‘yinlarda Mudrikning tarkibdan tashqarida qolishini kasallik bilan izohlagan edi. Keyinroq Mudrik poligraf tekshiruvdan o‘tib, uning organizmiga taqiqlangan modda tushishiga aloqasi yo‘qligini aytgan.

Mudrik Futbol Assotsiatsiyasi tomonidan vaqtinchalik futboldan chetlashtirildi. Hozirda futbolchining B testi namunalari tekshirilishi kutilmoqda. Uning natijasi chetlatish muddatini belgilashda asosiy omil bo‘ladi.

APLning ushbu mavsumida 23 yoshli Mudrik yettita o‘yin o‘tkazdi va birorta samarali harakatni amalga oshirmadi. Bundan tashqari, uning hisobida Konferensiyalar Ligasida oltita o‘yin bor. Ushbu o‘yinlarda u uchta gol va uchta samarali uzatmani amalga oshirgan.

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar