Daryo

Falastin prezidenti vaqtinchalik vorisini tayinladi

Mahmud Abbos unga biror narsa bo‘lsa, boshqaruv kimning qo‘liga o‘tishini aytdi

1 daqiqa o‘qish10 734 ko‘rishlar0 izoh0

Falastin prezidenti Mahmud Abbos agar unga biror narsa sodir bo‘lsa, uning o‘rnini Falastin milliy kengashi rahbari Ruhi Fattuh egallashini aytdi. Bu haqda Al Arabiya xabar berdi.

Foto: Reuters

Ma’lum qilinishicha, 75 yoshli Fattuh 90 kunlik vakolatga ega bo‘ladi, bu muddat davomida saylov o‘tkazilishi kerak. Ushbu muddat “fors-major” holatlarda uzaytirilishi mumkin.

Foto: Ruhi Fattuh / Morocco Times

Aslida Qonunchilik kengashi spikeri vaqtinchalik prezident vazifasini bajarishi kerak. Ammo HAMAS ko‘pchilikni tashkil qilgan mazkur kengash endi mavjud emas. Mahmud Abbos 2018-yilda o‘zining dunyoviy “Fatah” partiyasi va HAMAS o‘rtasidagi o‘n yildan ortiq keskinlikdan so‘ng uni rasman tarqatib yuborgan.

“Qonunchilik kengashi bo‘lmagan taqdirda, prezident lavozimi bo‘sh qolsa, Falastin milliy kengashi raisi bu vazifani vaqtincha bajaradi”, dedi Abbos.

89 yoshli Abbos 2009-yilda Falastin rahbari sifatidagi muddati tugaganiga qaramay, hamon hokimiyatni boshqarmoqda. U voris yoki vitse-prezident tayinlash bo‘yicha ko‘rsatilayotgan bosimga qarshilik ko‘rsatib kelgan.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar