Daryo

Ispaniyada Xuan Karlos I ga qarshi sudga da'vo arizasi kiritildi

Da’vo arizasida faxriy qirolni beshta soliq jinoyatida aybdor deb topish so‘ralmoqda

1 daqiqa o‘qish5 560 ko‘rishlar0 izoh0

Ispaniyaning sobiq sudyalari va prokurorlari  oliy sudga faxriy qirol Xuan Karlos I ga qarshi qo‘shma da’vo arizasi kiritdi. Da’vo arizasida qirolni beshta soliq jinoyatida aybdor deb topish so‘ralmoqda.

Bu haqda RTVE teleradiokompaniyasi ma’lum qildi.

Foto: Anadolu

Arizachilarning taʼkidlashicha, sobiq davlat rahbarining 2014—2018-yillar oralig‘idagi to‘lovlar bo‘yicha soliq bilan bog‘liq vaziyatni hal qilishga urinishlari qonun talablariga to‘g‘ri kelmaydi, chunki bu harakat Xuan Karlos I tergov haqida xabardor qilinganidan keyin amalga oshirilgan. Jumladan, faxriy qirol avvalroq 600 ming yevrodan ortiq va yana 4,4 million yevro miqdoridagi soliq qarzlarini to‘lagan.

2020-yil avgust oyida Xuan Karlos I o‘z o‘g‘li qirol Filipp VI ga mamlakatni tark etish qarori haqida ma’lum qilgandi.

Foto: “Interfaks”

O'shandan beri Xuan Karlos I Birlashgan Arab Amirliklari yashaydi. 202-yil mart oyida Ispaniya prokuraturasi Xuan Karlos I ning ishi bo‘yicha tergov yopilganini e'lon qilgandi.

Endilikda yangi da’vo arizasiga ko‘ra tergov harakatlari boshlanishi kutilmoqda.

Toshkentdanman. O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakultetini tamomlaganman. 20 yildan beri jurnalistika sohasidaman. “Daryo”da 2022-yildan beri ishlayman. Hozirda Tahlil va tarjima bo‘limi boshlig‘iman. Yoqtirgan kinoim: "Balamut". Kitoblardan esa O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asari yoqadi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar