Daryo

KXDR—O‘zbekiston o‘yinida ishlaydigan bosh hakam kim?

Kuvaytlik Ahmad Al Ali boshqargan beshta o‘yinning uchtasida O‘zbekiston jamoalari va MTJ g‘alaba qozongan

1 daqiqa o‘qish8 258 ko‘rishlar0 izoh1

JCH — 2026 saralashi doirasida bugun, 19-noyabr kuni Laos poytaxti Vyentyan shahri “Lao” stadionida KXDR—O‘zbekiston MTJ uchrashuvi o‘tkaziladi. Mazkur bahsni kuvaytlik Ahmad Al Ali boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib boradi.

Foto: Getty Images

Ushbu hakam ishtirokida so‘nggi yillarda O‘zbekiston MTJ va klublari ishtirokidagi bahslar qanday natija bilan yakunlangan? O‘zPFLga ko‘ra, beshta o‘yinning uchtasida O‘zbekiston jamoalari va MTJ g‘alaba qozongan. Bittasida mag‘lubiyat, yana birida esa durang natija.

Xususan:

OCHL, 2023/24 mavsum

  • OKMK 1:3 “Sepaxon”

OCHL, 2023/24 mavsum

  • “Al-Sadd” 2:2 “Nasaf”

OFK Kubogi 2022

  • “So‘g‘diyona” 1:0 “Istern Sports Klab”

OFK Kubogi 2021

  • “Xo‘jand” 0:3 “Nasaf”

JCH — 2026 saralash

  • Qirg‘iziston 2:3 O‘zbekiston

Shimoliy Koreya—O‘zbekiston uchrashuvi soat 17:00 da boshlanadi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar