Daryo

Sovuq mavsumga tayyormisiz: uyni xarajatlarsiz isitishning 10 ta oddiy usuli

Sovuq kunlar yaqinlashmoqda. Ba’zida bunday kunlarda uyni isitish muammoga aylanadi

2 daqiqa o‘qish28 016 ko‘rishlar0 izoh0

Sovuq kunlar yaqinlashmoqda. Ba’zida bunday kunlarda uyni isitish muammoga aylanadi. Ammo sovqotmaslikning ortiqcha xarajatlarsiz, samarali usullari ham bor. 

Isitish qozonini tekshiring

Qozon ishlashidagi muammolar buzilishidan ancha oldin boshlanadi. U xonani yaxshi isitmaydi, natijada ko‘proq elektr energiyasi sarflanadi. Shuning uchun har 12 oyda isitish qozonini tekshirish kerak — bu yangi qozon sotib olishga qaraganda unchalik katta xarajat emas.

Termostatni yangilang

Termostat bu — uy haroratini o‘lchaydigan va ma’lumotlarni qozon (yoki konditsioner)ga uzatadigan qurilma. Agar termostat eskirgan bo‘lsa, qozon ham kerakli haroratni bermaydi.

Mebellar joyini almashtiring

Agar divaningiz batareyaga taqalib tursa, u isitish yo‘lini to‘sib qo‘yadi. Shuning uchun batareyalar oldini ochiq qoldiring — ular butun xonaga issiqlik tarqatadi.

Oynalarni tekshiring

Dastlab derazalarni yaxshilab yoping va havo o‘tkazadigan joyi bor-yo‘qligini tekshiring. Keyin derazani qaytadan oching va yopishqoq penoplast lentasi bilan derazaning zich bo‘lmagan joylariga yopishtiring. Qo‘shimcha qoplama sovuq havo o‘tkazmaydi va mavsum davomida xizmat qiladi.

Parketdagi bo‘shliqlarni to‘ldiring

Ko‘pchilik yoriqlari bo‘lgan pol qoplamasini tanlaydi, lekin ular sovuq havo o‘tkazadi (ayniqsa katta uyda). Parketdagi bo‘shliqlarni to‘ldirish mumkin, masalan, maxsus rezina qoplama bilan — u to‘g‘ridan to‘g‘ri pol yoriqlariga kiradi.

Qalin gilam

Yoriqli parket uchun yana bir variant — gilam sotib olish. Gilam butun sovuqni o‘ziga singdirishi uchun uni sovuq o‘tadigan joylarga soling.

Chordoqdagi yoriqlarni yamang

Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, chordoq (yoki ta’mirlanmagan yuqori qavat) uydagi issiqlikning 1/4 qismini oladi. Shuning uchun chordoqning butun perimetri bo‘ylab “steklovata” to‘shang.

Pardalarni almashtiring

Xonada issiqlikni saqlash uchun qalin pardalardan foydalaning. Pardalar ham sovuq havo yo‘lini to‘sadi. Ularni kechqurun va ertalabgacha yopib qo‘ying, ertalab esa uyingiz quyosh hisobiga isishi uchun oching. Bunda qoramtir rangdagi pardalarni tanlagan ma’qul: ular kunduzi quyosh nurlarini o‘ziga tortadi, tunda esa sovuq havoni o‘tkazmaydi.

Plintuslarni tekshiring

Agar plintuslaringizga 7 yildan oshgan bo‘lsa, ularni tekshirish kerak. Havo o‘tkazayotgan bo‘lsa, yangisini sotib olish shart emas, eski plintuslarni tiklashga harakat qiling. Buning uchun plintuslar orqasi va ustidagi barcha yoriqlarga germetik modda surting.

Elektr odyal sotib oling

Elektr odyal oddiy odyal ustiga joylashtiriladi. Ko‘pgina odyallarda taymerlar mavjud: ularni faqat 20 daqiqaga yoqish mumkin, shu vaqt ichida uxlab qolishingizga yordam beradi. Shuningdek, elektr matraslar ham bor — ular ham xuddi shu tartibda ishlaydi.

Kirish eshigini izolyatsiya qiling

Kirish eshigidan sovuq havoning uydan ichkariga o‘tishining oldini olish uchun, kichik bir kirish xonasi o‘rnatish kerak, unda yana bir eshik bo‘ladi — bu eshik esa ichki xonaga olib o‘tadi. Buning uchun uyni qayta ta’mirlash kerak bo‘ladi, lekin bunday holatda qish oylarida uy sovuqdan yaxshi himoyalanadi.

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida tug‘ilganman. Hozirda Alisher Navoiy nomidagi davlat Adabiyot muzeyida tayanch doktorantura (PhD)da o‘qiyman. “Daryo”da 2018-yildan beri musahhih va muxbir lavozimida ishlayman. Sevib o‘qiydigan kitoblarim juda ham ko‘p: Nodar Dumbadze “Abadiyat qonuni”, Harper Li “Mazaxchining o‘ldirilishi”, Gabriel Garsia Markes “Yolg‘izlikning yuz yili”, Chingiz Aytmatov “Kassandra tamg‘asi”, Mixail Bulgakov “Usta va Margarita”, O‘tkir Hoshimov “Ikki eshik orasi”, Ulug‘bek Hamdam “Sabo va Samandar”... Sevimli filmlarim ham turli janrda: DiKaprio ishtirokidagi “Ibtido” va “La’natlanganlar oroli”, “Shoushenkdan qochish”, “Yo‘-yo‘l pijamali bolakay”, “Ameli”, “Qotillikni xotirlab”. Bundan tashqari, Hayao Miyazakining animelari jon-u dilim.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar