Daryo

Sitora Farmonovaning to‘yi bo‘lib o‘tdi. Nikoh oqshomida kuyov ishtirok etmadi 

“Kuyov qani?”, degan savol ko‘pchilikni qiziqtirdi, ammo aktrisa ushbu savolni javobsiz qoldirishni ma’qul ko‘rdi

1 daqiqa o‘qish644 229 ko‘rishlar0 izoh0

12-noyabr kuni Toshkentdagi restoranlardan birida taniqli aktrisa Sitora Farmonovaning to‘yi bo‘lib o‘tdi. Nikoh kechasida aktrisaning bir o‘zi, kuyovsiz ishtirok etdi. Kechaga o‘zbek shou-biznesining eng taniqli san’atkorlari, aktyor, aktrisa hamda blogerlar tashrif buyurdi. 

Foto: Instagram

Kuyovnavkar marosimida hamda nikoh oqshomida kuyovning ko‘rinmagani ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarining e’tiborini tortdi. “Kuyov qani?”, degan savol ko‘pchilikni qiziqtirdi, ammo aktrisa ushbu savolni javobsiz qoldirishni ma’qul ko‘rdi. Sitoraning dugonalari esa aslida bu qizbazmi ekanligi, yana bir to‘y chet elda o‘tkazilishini yozib qoldirdi.



40 yoshli Sitora Farmonovaning o‘zi intervyularidan birida asli o‘zbekistonlik, hozirda Dubayda yashaydigan Muhammad ismli insonga turmushga chiqqani haqida aytib o‘tdi.

Foto: Instagram

“Kuyov o‘zimning tengdoshim, uning oilasi bilan oilaviy do‘stmiz. O‘zbek millatiga mansub, hech qanday shayx emas. Ismi Muhammad, to‘yni Dubayda o‘tkazishni rejalashtiryapmiz”, degan edi aktrisa.  

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar