Jahon va o‘zbek shou-biznesi vakillarning Instagram sahifalariga joylashtirilgan qiziqarli foto va videolarini e’tiboringizga havola qilamiz.
Hozirgi kunda Qatar havo yo‘llari aviakompaniyasida bort kuzatuvchi bo‘lib ishlayotgan aktrisa Rayhon Asadova yangi filmda suratga tushayotganini ma’lum qildi.

“Qizim kelib: ‘dadajon, sizni yaxshi ko‘raman’, deb bo‘ynimga osilganda, o‘zimni dunyodagi eng baxtli insondek his qilaman”. Turk xonandasi Tarkan Otalar kuni munosabati bilan qizalog‘iga atab samimiy so‘zlarini yozib qoldirdi.

Aktyor Sohib Abbosxon San Fransisko shahrida mashhur bokschi Hasanboy Do‘smatov bilan uchrashib qoldi.

Xonanda Dilnoz Hakimova 16-iyun sanasida ilk bor onalik baxtiga erishdi va jajji qizaloqqa Amani deb ism qo‘ydi.

Instabloger, vayner Bobur Mansurov jamoadoshlari va farzandlari bilan vaqtini maroqli o‘tkazmoqda.

Rossiyalik taniqli teleboshlovchi Viktoriya Bonya Yoshlar kuni munosabati bilan Andijonda o‘tkazilgan tadbirga tashrif buyurdi. Shuningdek, u mehmondo‘stlik uchun Andijon hokimi Shuhratbek Abdurahmonovga minnatdorlik bildirdi.

Kinorejissyor Jahongir Ahmedov O‘zbekiston xalq artisti Matyoqub Matchonov hamda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Farhod Abdullayev bilan safarga otlandi.

O‘zbek futboli tarixidagi eng iqtidorli to‘purar, O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov muborak haj safaridan qaytdi. Uni xonadonida izzat-ikrom bilan kutib olishdi.









