Daryo

Tramp va Putin muloqotga tayyorligini e’lon qildi

Rossiya prezidenti Trampni g‘alabasi bilan tabriklab, uning urushni to‘xtatish imkoniyatini baholadi

1 daqiqa o‘qish23 896 ko‘rishlar0 izoh0

AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan muloqotga tayyorligini aytdi. Bu haqda u NBC telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi. 

Foto: CNN

Tramp saylovdan beri 70 ga yaqin jahon yetakchilari, jumladan, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu bilan suhbatlashganini aytdi. U yaqin kelajakda AQSHning amaldagi prezidenti Jo Bayden bilan birgalikda tushlik qilish uchun uchrashuv belgilaganini takidladi.

Putin Tramp bilan gaplashishga tayyor

7-noyabr kuni Rossiya prezidenti “Valday” forumida so‘zga chiqib, birinchi marta Trampning saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi.

Fursatdan foydalanib, uni AQSH prezidenti etib saylangani bilan tabriklayman. Amerika xalqi ishonadigan har qanday davlat rahbari bilan ishlashimizni aytgan edim. Amalda ham shunday bo‘ladi, dedi Putin.

Shuningdek, u Trampning Ukrainadagi urushni hal etishga tayyorligini aytgan bayonotlarini esladi.

U nima qiladi - bu unga beriladigan savollar. Lekin shu paytga qadar jamoatchilik oldida aytilgan gaplar, Rossiya bilan munosabatlarni tiklashga intilish va Ukraina inqirozini tugatishga ko‘maklashish haqidagi fikrlar, mening nazarimda, e’tiborga loyiq, dedi Rossiya prezidenti.

Shuningdek, u Tramp bilan muloqot qilish imkoniyatini istisno qilmasligini aytdi. Siyosatchi aloqani o‘zi boshlashga tayyorligini ta’kidladi, ammo G‘arb yetakchilari avval tez-tez qo‘ng‘iroq qilganini, keyin esa to‘xtatganini ta’kidladi.

Xohlamasalar kerak ham emas, tushuntirdi u.

Putin oxirgi marta AQSHning amaldagi prezidenti Jo Bayden bilan 2022-yil 12-fevralda, Ukrainada urush boshlanishidan ikki hafta oldin muloqot qilgan. Shundan so‘ng Rossiya va AQSH rahbariyati o‘rtasidagi aloqalar sezilarli darajada qisqargan. Shunga qaramay, Kreml zarurat tug‘ilganda muloqot qayta tiklanishi mumkinligini istisno qilmayapti.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar