Daryo

Putin migrantlarga nisbatan salbiy munosabat sababini aytdi

Rossiya prezidenti migratsiya siyosatida ham fuqarolarining manfaati ustunligidan ogohlantirdi

1 daqiqa o‘qish39 264 ko‘rishlar0 izoh0

Rossiya prezidenti Vladimir Putin migrantlar rus tili va qonunlarni yaxshi bilsa, ularga nisbatan adovat bo‘lmasligini aytdi. U tegishli fikrni “Valday” xalqaro diskussiya klubi yig‘ilishida bildirdi. Bu haqda “Komsomolskaya Pravda” xabar berdi.

Foto: Reuters

Putinning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyada ishlash uchun kelgan chet elliklar bu yerda yashashga to‘liq tayyor bo‘lishi uchun sharoitlar yaratish kerak. Buning uchun ular rus tilini yaxshi bilishlari, mamlakatning urf-odatlari va qonunlaridan xabador bo’lishlari zarur.

“Bularning barchasini nafaqat bilish, balki ichki jihatdan barchasiga amal qilishga tayyor bo‘lish ham zarur. Shunda fuqarolarimiz tomonidan g‘azablanish va qabul qilmaslik holatlari yuzaga kelmaydi. Kelganlar ham zamonaviy insoniy sharoitlarda yashashi, sog‘liqni saqlash, ta’lim va boshqa sohalarda sivilizatsiyaning barcha yutuqlaridan foydalanishi lozim”, dedi Rossiya prezidenti.

Shuningdek, siyosatchi Rossiya hukumati birinchi navbatda o‘z fuqarolari manfaatlarini o‘ylashi kerakligini aytdi. Putin bu hatto mamlakatning migratsiya siyosati masalasiga ham tegishli ekani, u ham rossiyaliklarning manfaatlarini aks ettirishi kerakligini ta’kidladi.

Avvalroq Putin migrantlarning jamiyatga moslashuvi bo‘yicha takliflar tayyorlashni topshirgandi. Uning fikricha, ish bilan ta’minlashda amaliy ehtiyojlarni inobatga olgan holda rus tilini bilish darajalarini belgilash va mustahkamlash lozim.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar