Daryo

Emomali Rahmon prezidentlik boshqaruvi tanlanganini tushuntirdi

Tojikiston prezidenti boshqaruv shakli uchun ikkita tanlov bo‘lganini ma’lum qildi

1 daqiqa o‘qish23 553 ko‘rishlar0 izoh0

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon mamlakatda prezidentlik boshqaruv shakli tanlangani sababini tushuntirdi. Bu haqda AsiaPlus xabar berdi.

Foto: Tojikiston prezidenti matbuot xizmati

Siyosatchiga ko‘ra, prezidentlik respublikasi boshqaruvning eng mos va ishonchli shakli bo‘lib, Tojikiston taraqqiyotida o‘z isbotini topgan. Emomali Rahmon konstitutsiya loyihasini ishlab chiqish mamlakatda fuqarolar urushi, tartibsizliklar hukm surgan, davlat hokimiyati organlari faoliyati falajlangan bir paytda boshlanganini esladi.

“Bu bahs-munozaralar konstitutsiyada davlat boshqaruvi shaklini tanlash bo‘yicha ikki yo‘nalish — prezidentlik va parlamentar respublika paydo bo‘lishiga olib keldi. Bu davrda biz uchun eng muhim masala Tojikiston yaxlitligini himoya qilish, xalq xavfsizligini ta’minlash, jamiyatda tinchlik va osoyishtalikni saqlash edi.

Tojik xalqining ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-mafkuraviy hayotining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda va bu og‘ir inqirozli vaziyatdan chiqish uchun markazlashgan, yagona va tartibli kuchli hokimiyat tizimini yaratish zarur edi, dedi Emomali Rahmon.

Tojikiston prezidenti shu sababli Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari prezidentlik respublikasini tanlaganini aytdi.

“Natijada konstitutsiya loyihasida davlat boshqaruvining shakli sifatida prezidentlik respublikasi taklif etildi. Qadrli Tojikistonimizning keyingi taraqqiyoti davlatimizni boshqarish shaklini tanlashda xato qilmaganimizni yana bir bor isbotladi, deya qo‘shimcha qildi Rahmon.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_moObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar