Daryo

Konor Makgregor jinsiy zo‘ravonlikda ayblanmoqda 

Irlandiyaning Dublin shahrida 5-noyabr kuni ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioniga oid zo‘ravonlik ishi ko‘rib chiqildi

1 daqiqa o‘qish23 113 ko‘rishlar0 izoh0

Irlandiyaning Dublin shahrida 5-noyabr kuni ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregorga oid zo‘ravonlik ishi ko‘rib chiqildi. Bu haqida Belfast Telegraph nashri xabar qildi.

Foto: Getty Images

Jabrlanuvchining, ya’ni sartarosh Nikita ni Laymxinning ta’kidlashicha, 2018-yil 9-dekabr kuni Makgregor va uning do‘sti Jeyms Lourens unga jinsiy zo‘ravonlik qilgan.

Rojdestvo bayrami munosabati bilan o‘tkazilgan ziyofatdan so‘ng, ni Laymxin Makgregor bilan bog‘langan va u Nikitani dugonasi bilan birga shaxsiy avtomashinasida olib ketgan. Ma’lum bo‘lishicha, o‘sha kecha irlandiyalik jangchida giyohvand moddalar solingan paket bo‘lgan. Biroz vaqt o‘tgach, ular Jeyms Lourensning uyiga yetib borgan va Makgregor Nikitaga tegajog‘liq qila boshlagan. Natijada, Konor unga jismoniy kuch ishlatgan. 

Hodisa oqibatida Nikita turli tan jarohatlari olgan. Ni Laymxin Konordan tovon puli talab qilmoqda. Irlandiyalik sportchining advokatlari ayol tovlamachilik va firibgarlik bilan shug‘ullanishini ta’kidlagan. Keyingi sud majlisi ikki hafta ichida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. 

Ma’lumot uchun, Konor Makgregor o‘zining so‘nggi jangini 2021-yil 11-iyul kuni Las-Vegasdagi UFC 264 turnirida o‘tkazgan edi. Yengil vazn toifasida amerikalik Dastin Porye bilan kechgan jang irlandiyalik sportchining mag‘lubiyati va oyog‘i sinishi bilan yakunlangandi.

Avvalroq Makgregor faoliyatini hali yakunlamaganini va istalgan vaqtda oktagonga qaytishi mumkinligini aytgandi.

Navoiy viloyatidanman. Samarqand Davlat Universitetining Psixologiya yoʻnalishini tamomlaganman. “Daryo”da 2021-yildan buyon Sport boʻlimida muxbir lavozimida ishlayman va jahon, oʻzbek sportida yuz berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. “Ideal kunlar” mening eng sevimli filmim. Kitoblardan esa Oldos Hakslining “Oo, ajib yangi dunyo” asari menga juda yoqadi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar