Daryo

Xitoy birinchi marta J-35A qiruvchi samolyotini namoyish qiladi

“J-35A o‘rta o‘lchamli ko‘p maqsadli qiruvchi samolyot bo‘lib, u radarlarda ko‘rinmaydi”, dedi harbiy-havo kuchlari qurol-yarog‘ bo‘limi vakili polkovnik Nyu Venbo

1 daqiqa o‘qish13 151 ko‘rishlar0 izoh0

Xitoy Chjuxayda bo‘lib o‘tadigan Airshow China 2024 xalqaro aerokosmik ko‘rgazmasida yangi J-35A qiruvchi samolyotini taqdim etishga tayyorlanmoqda. Bu haqda Xitoy armiyasi harbiy-havo kuchlari qurol-yarog‘ bo‘limi vakili polkovnik Nyu Venbo ma’lum qildi.

Foto: Sinxua

Ushbu ko‘rgazma 12—17-noyabr kunlari Xitoy janubidagi Guangdong provinsiyasida bo‘lib o‘tadi.

“J-35A o‘rta o‘lchamli ko‘p maqsadli qiruvchi samolyot bo‘lib, u Xitoyning 15-havo kuchlari ko‘rgazmasida namoyish etiladi”, dedi Nyu Venbo.

Shuningdek, ushbu ko‘rgazmada Hun-19 raketa tizimi va yangi ko‘p funksiyali hujum va razvedkaga mo‘ljallangan dron ham birinchi marta taqdim etiladi. Shuningdek, Y-20 samolyotining yuk bo‘limi ham ko‘rikdan o‘tkaziladi.

“J-35A qiruvchi samolyotining ochiq namoyishi Xitoy harbiy-havo kuchlari bir vaqtning o‘zida ikkita radarlarda ko‘rinmaydigan qiruvchi samolyotga ega bo‘lishini anglatadi – J-20 va J-35A. Bu borada Xitoy dunyodagi ikkinchi davlatga aylanadi. Hozirgacha faqat AQSHda radarlarda ko‘rinmaydigan ikkita qiruvchi samolyot — F-22 va F-35 bor edi”, deya tushuntirdi harbiy ekspert Li Li.

Qayd etilishicha, J-35 qiruvchi samolyotlar seriyasining bir qismiga aylanishi va kelajakda keng ko‘lamda ishlatilishi mumkin, bu esa Xitoyning havo va dengiz operatsiyalaridagi umumiy harbiy qudratini sezilarli darajada oshiradi. 

Toshkentdanman. O‘zbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakultetini tamomlaganman. 20 yildan beri jurnalistika sohasidaman. “Daryo”da 2022-yildan beri ishlayman. Hozirda Tahlil va tarjima bo‘limi boshlig‘iman. Yoqtirgan kinoim: "Balamut". Kitoblardan esa O‘tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asari yoqadi.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar