Daryo

Pokistonda havo ifloslangani tufayli maktablar yopildi 

Ma’lum hududlarda qurilish taqiqlandi, xodimlarga uydan ishlash tavsiya qilindi

1 daqiqa o‘qish4 707 ko‘rishlar0 izoh0

Pokistonda havo ifloslangani tufayli Lahor shahridagi boshlang‘ich maktablar bir haftaga yopildi. Shaharda havo sifati indeksi o‘tgan dam olish kunlari rekord darajaga yetdi. Bu haqda Associated Press xabar berdi.

Foto: Barron’s

Hukumat xodimlarning 50 foizi uydan ishlashi kerakligini aytdi, chunki Lahorda dam olish kunlari havo sifati indeksi 1000 dan oshdi. Bu Pokiston uchun rekord ko‘rsatkichdir. Oktyabr oyida Lahorda havo sifati yomonlasha boshlaganidan beri zaharli kulrang smola o‘n minglab odamlarning, asosan, bolalar va keksalarning kasallanishiga sabab bo‘ldi. 

Hukumat ma’lum hududlarda qurilish ishlarini taqiqlab, tutun chiqaradigan transport vositalari egalarini jarimaga tortdi. Panjob atrof-muhitni muhofaza qilish departamenti ma’lumotlariga ko‘ra, PM2,5 dispers zarralarining konsentratsiyasi 450 ga yetgan va bu xavfli ko‘rsatkich hisoblanadi.

JSST tavsiyalariga ko‘ra, havodagi RM2,5 ning o‘rtacha yillik miqdori 5 mkg/m3, o‘rtacha sutkalik miqdori 15 mkg/m3 bo‘lishi kerak.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar