Daryo

“Lokomotiv” Aleksandr Krestinin bilan shartnomani bekor qildi 

Mutaxassis jamoadagi 5 oylik faoliyatdan so‘ng uni tark etdi

1 daqiqa o‘qish6 466 ko‘rishlar0 izoh0

“Lokomotiv” klubi rossiyalik murabbiy Aleksandr Krestinin bilan shartnomani bekor qildi.

Foto: “Lokomotiv”

Superliganing 23-turida “Nasaf”ga imkoniyat boy berilganidan so‘ng “temiryo‘lchilar” murabbiyni iste’foga chiqardi. Bu haqida PFL matbuot xizmati ma’lum qildi.

Krestinin iyun oyida jamoada ish boshlagan edi. 5 oylik faoliyatdan so‘ng u jamoani tark etmoqda.

“Lokomotiv” Superligada 18 ochko bilan 13-o‘rinda bormoqda. Jamoa so‘nggi 5 o‘yindan buyon mag‘lubiyatga uchrab kelmoqda. “Lokomotiv” 7-noyabr kuni 24-tur doirasida “Dinamo”ga qarshi bahs olib bordi.

Navoiy viloyatidanman. Samarqand Davlat Universitetining Psixologiya yoʻnalishini tamomlaganman. “Daryo”da 2021-yildan buyon Sport boʻlimida muxbir lavozimida ishlayman va jahon, oʻzbek sportida yuz berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. “Ideal kunlar” mening eng sevimli filmim. Kitoblardan esa Oldos Hakslining “Oo, ajib yangi dunyo” asari menga juda yoqadi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar