Daryo

Dunyoning 52 ta davlati Isroilga qurol embargosini qo‘llashni talab qildi

Turkiya BMT bosh kotibiga tegishli maktubni topshirdi. Markaziy Osiyoning ikki davlati ham unga imzo chekdi

1 daqiqa o‘qish27 813 ko‘rishlar0 izoh0

Turkiya Birlashgan Millatlar Tashkilotiga 52 ta davlat hamda ikkita xalqaro tashkilotning Isroilga qarshi qurol embargosini joriy etish murojaatidan iborat maktubini topshirdi. Bu haqda Anadolu xabar berdi.

Foto: Getty Images

Maktubda bosib olingan Falastin hududlarida, shuningdek, Livan va Yaqin Sharqning boshqa hududlarida zo‘ravonlik kuchayishi va xalqaro huquq normalarining buzilishidan chuqur xavotir bildirilgan. Isroil harakatlari oqibatida qurbonlar orasida ayollar va bolalar soni ortayotgani qayd etilgan. Ushbu xavfli tendensiyani to‘xtatish uchun favqulodda choralar ko‘rish zarurligi ta’kidlangan.

Maktub 1-noyabr kuni BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishga, noyabr oyida BMT Xavfsizlik kengashiga raislik qilgan Buyuk Britaniya va BMT Bosh assambleyasi prezidenti Filemon Yangga yuborilgan.

Turkiya Isroilga qurollar yetkazib berishni zudlik bilan to‘xtatishni xalqaro hamjamiyatning qonuniy majburiyati va burchi deb biladi. Maktubni imzolagan davlatlar qatoriga Turkiya, Falastin, Bahrayn, Bangladesh, BAA, Boliviya, Braziliya, Bruney Darussalam, Burkina-Faso, Jazoir, Jibuti, Xitoy, Indoneziya, Marokash, Gambiya, Janubiy Afrika, Iroq, Eron, Qatar, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Kolumbiya, Komor orollari Ittifoqi, Kuvayt, Kuba, Liviya, Livan, Maldiv orollari, Malayziya, Meksika, Misr, Mavritaniya, Namibiya, Nigeriya, Nikaragua, Norvegiya, Pokiston, Rossiya, Sent-Vinsent va Grenadin orollari, San-Tome va Prinsipi, Senegal, Somali, Sudan, Saudiya Arabistoni, Chili, Tunis, Ummon, Iordaniya, Venesuela, Vyetnam, Yaman va Zimbabve kiradi.

Shuningdek, hujjatga Arab davlatlari ligasi va Islom hamkorlik tashkiloti o‘z imzolarini qo‘ygan.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar