Daryo

Eron Iroq hududidan Isroilga zarba bermoqchi — OAV

Yahudiy razvedkasi hujumning ehtimoliy muddatini ma’lum qildi

1 daqiqa o‘qish21 688 ko‘rishlar0 izoh0

Eron Isroilning hujumiga javoban Iroq hududidan unga jiddiy zarba berishga tayyorlanmoqda. Bu haqda Isroil razvedkasidagi manbalarga tayanib, Axios portali xabar berdi.

Foto: Getty Images

Ma’lumotlarga ko‘ra, Tehron 5-noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan AQSHdagi prezidentlik saylovlariga qadar ko‘plab dron va ballistik raketalar yordamida operatsiyani amalga oshirishi mumkin. Zarba berish uchun Iroq hududi tanlanmoqda. Bu Eronning o‘z strategik obyektlariga Isroilning yangi hujumidan qochishga yordam beradi.

Amerikalik rasmiylardan biri Eron hukumatining yaqin vaqt ichida zarba berishi to‘g‘risidagi qaroridan bexabar ekanliklarini bildirdi.

Isroilning Eronga hujumi

26-oktyabr kechasi yahudiy davlati armiyasi Erondagi harbiy obyektlarga havo hujumi uyushtirdi. Raketa ishlab chiqarish zavodlari va havo hujumidan mudofaa tizimlari nishonga olindi. Eron tomoni hujum qaytarilgani, biroq “cheklangan zarar” yetkazilganini bildirdi. Ikki harbiy xizmatchi halok bo‘ldi. Hujum munosabati bilan Eron Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik kengashining favqulodda yig‘ilishini o‘tkazishga chaqirdi.

AQSH mudofaa vaziri Lloyd Ostin Eron “xato” qilmasligiga va vaziyatni yanada keskinlashtirmasligiga umid bildirdi hamda Isroil zarbalari o‘zaro hujumlarga chek qo‘yganini ta’kidladi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar