Daryo

AQSHda o‘g‘il otasining jasadini 4 yil muzlatkichda saqladi 

U pul uchun muzlatkich kamerasida jasadni saqlab kelgan

1 daqiqa o‘qish11 962 ko‘rishlar0 izoh0

AQSHning Arizona shtatida 51 yoshli Jozef Hill marhum otasining jasadini to‘rt yil davomida muzlatkich kamerasida saqlagani aniqlandi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Kollaj: New York Post

Bunday harakatning sababi otasiga tegishli bo‘lgan ijtimoiy nafaqalarni olishni davom ettirish bo‘lgan. Muzlatkich uyning orqa hovlisida joylashgan bo‘lib, brezent va adyollar bilan o‘ralgan. So‘nggi olti oy ichida u butunlay elektr ta’minotisiz qolgan.

Biroq hatto elektr tokining o‘chirilishi ham gumonlanuvchiga otasining jasadini yashirish va uning ijtimoiy nafaqa pullarini olish rejasiga to‘sqinlik qilmagan.

Tergov davomida aniqlanishicha, erkak bir necha bor otasining qoldiqlarini sahroga ko‘mmoqchi bo‘lgan, biroq har safar yaqin atrofda paydo bo‘lgan odamlar unga xalaqit bergan. Fosh bo‘lish qo‘rquvi dafn etishni keyinga surishga olib kelgan. Arizona politsiyasi gumonlanuvchini hibsga olgan, u jasadni yashirganlikda ayblanmoqda. Uni ozod qilish uchun 25 ming dollar miqdorida garov puli belgilangan. Dastlabki sud majlisi 4-noyabrda bo‘lib o‘tadi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar