Daryo

Abduqodir Husanov Fransiya chempionatida oktyabr oyining eng yaxshi yosh futbolchisi bo‘lish uchun da’vogarlar qatoridan joy oldi 

20 yoshli himoyachi “Lans” safida oktyabr oyida 3 ta o‘yinda to‘liq harakat qildi

1 daqiqa o‘qish31 034 ko‘rishlar0 izoh0

Futbol bo‘yicha Fransiya chempionatida oktyabr oyining eng yaxshi yosh o‘yinchisi bo‘lishga da’vogar futbolchilar nomi ma’lum bo‘ldi.

Foto: Getty Images

E’tiborli jihati, nomzodlar qatoridan o‘zbekistonlik futbolchi, “Lans” sharafini himoya qilayotgan Abduqodir Husanov ham joy olgan.

Shuningdek, Jonatan Rou (“Marsel”) va Malik Fofana (“Lion”) kabi yosh futbolchilar nomzodlari qo‘yilgan.

Abduqodirga ovoz berish uchun bu yerga bosing.

Oktyabr oyida 20 yoshli futbolchi “Lans” safida barcha 3 o‘yinda to‘liq harakat qildi va Sofascore talqiniga ko‘ra o‘yinlarda o‘rtacha 7 ball oldi. Joriy mavsumda Abduqodir klub safida 11 o‘yinda qatnashdi.

Avvalroq Abduqodirga APLning bir nechta klublari, xususan “Chelsi”, “Nyukasl” va “Arsenal” klublari qiziqish bildirayotgani ma’lum qilingandi.

Ma’lumot uchun, yosh himoyachi Futbol tarixi va statistikasi xalqaro federatsiyasi (IFFHS) 2004-yil 1-yanvardan keyin tug‘ilgan futbolchilar orasida dunyoning “Eng yaxshi yosh futbolchisi” bo‘lishga daʼvogar bo‘lgan 25 futbolchi ro‘yxatiga kiritildi.

Navoiy viloyatidanman. Samarqand Davlat Universitetining Psixologiya yoʻnalishini tamomlaganman. “Daryo”da 2021-yildan buyon Sport boʻlimida muxbir lavozimida ishlayman va jahon, oʻzbek sportida yuz berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. “Ideal kunlar” mening eng sevimli filmim. Kitoblardan esa Oldos Hakslining “Oo, ajib yangi dunyo” asari menga juda yoqadi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar