Daryo

FT: Ukraina va Rossiya energetika obyektlariga hujumni to‘xtatishni muhokama qilmoqda

Ukraina Kurskka hujumdan so‘ng to‘xtatilgan muzokaralarni Qatar vositachiligida qayta tiklashga urinmoqda

1 daqiqa o‘qish7 360 ko‘rishlar0 izoh0

Ukraina va Rossiya energetika infratuzilmasiga ikki tomonlama zarbalarni to‘xtatish bo‘yicha “dastlabki muhokamalarni” olib bormoqda. Bu haqda Financial Times xabar berdi.

Foto: EFE-EPA

 

Ma’lum qilinishicha, Ukraina Kursk viloyatida jangovar harakatlarni boshlaganidan so‘ng to‘xtatilgan muzokaralarni Qatar vositachiligida qayta tiklashga urinmoqda. Anonim diplomat “juda erta bosqichdagi” muzokaralar olib borilayotganini tasdiqlagan. U muhokamalar energetika obyektlariga taalluqli ekanini ta’kidlagan.

Ukrainaning yuqori martabali amaldori so‘nggi haftalarda Ukraina va Rossiya erishilgan kelishuv doirasida energiya obyektlariga “hujumlar sonini kamaytirgani”ni aytgan. Rossiyalik mulozim esa Kursk viloyatidan Ukraina armiyasini siqib chiqarmaguncha, Putin kelishuvga rozi bo‘lishi dargumonligini bildirgan.

“Ukraina Rossiyani muzokaralarga undash uchun Rossiya obyektlariga, xususan, neftni qayta ishlash zavodlariga zarba berishni davom ettirmoqchi”, dedi nashrning Ukraina rasmiylari orasidagi manbasi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda Ukraina armiyasi Rossiya hududining taxminan 600 kvadrat kilometrini nazorat qilmoqda. Qatar iyun oyida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy tashabbusi bilan Shveysariyada tinchlik sammiti o‘tkazilgandan so‘ng Rossiya bilan muzokaralarda vositachilik qila boshlagan.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar