Daryo

Pentagon Kim Chen In Rossiyaga qancha harbiy yuborganini ma’lum qildi

Harbiylar urushga kirishsa, AQSH qurollaridan foydalanish bo‘yicha Ukrainaga qo‘llangan cheklov bekor qilinadi

1 daqiqa o‘qish26 710 ko‘rishlar0 izoh0

Shimoliy Koreya Ukrainaga qarshi mashg‘ulotlar o‘tkazish va jang qilish uchun Rossiyaga 10 mingga yaqin harbiy yuborgan. Bu haqda Pentagon matbuot kotibi Sabrina Singx ma’lum qildi.

Foto: KCNA

AQSHning dastlabki hisob-kitoblarida harbiylar soni 3000 kishini tashkil etgandi. Rossiyaning sharqiy qismiga o‘quv mashg‘ulotlari uchun yuborilgan KXDR askarlaridan ayrimlari Ukraina chegarasi yaqiniga joylashtirilgan. 

“Askarlarning bir qismi allaqachon Ukrainaga yaqinlashgan, Rossiya ularni urushda yoki Kursk viloyatida ukrain kuchlariga qarshi jangovar harakatlarni qo‘llab-quvvatlash uchun foydalanish niyati borligidan ko‘proq xavotirga tushmoqdamiz”, dedi Singx.

AQSH Shimoliy Koreya urushga kirsa, Ukrainaga qurol-yarog‘dan foydalanishga kiritilgan cheklovlar bekor qilinishini bildirdi. Janubiy Koreya prezidenti Yun Suk Yol shimoliy koreyalik harbiylarning Rossiyaga yuborilishi mamlakat milliy xavfsizligiga ham, xalqaro hamjamiyatga ham tahdid solishini aytgandi. U Rossiya va Shimoliy Koreya o‘rtasidagi “noqonuniy” harbiy hamkorlikni qoralagan. 

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar