Daryo

APL klubi Mbappeni o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin

Manbaning xabar berishicha, hujumchi “Real”ga o‘tganidan beri klubda o‘zini baxtli his qilmayapti

1 daqiqa o‘qish24 514 ko‘rishlar0 izoh0

25 yoshli fransiyalik hujumchi Kilian Mbappe tez orada “Real”ni tark etishi mumkin.

Foto: Getty Images

Defensacentral xabariga ko‘ra, Mbappe “PSJ”dan ko‘chib o‘tganidan keyin o‘zini klubda baxtli his qilmayapti va u hali unga qo‘yilgan umidlarni oqlamayotganini tushunmoqda. Angliya grandi “Liverpul” bundan unumli foydalanishga tayyor. “Qizillar” transfer “bomba”sini tayyorlamoqda va fransuz futbol yulduzi uchun “Real”ga 150 million yevro taklif qilishi mumkin.

Manba shuningdek, hamma narsaga qaramay, fransiyalik futbolchi kelajagini Madrid klubida ko‘rayotganini aniqlagan.

La Liganing joriy mavsumida Mbappe “Real” safida o‘nta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi.

Yetakchi OAV xabarlariga ko‘ra, Angliya klubining so‘nggi yillardagi yetakchisi va asosiy yulduzi Muhammad Saloh yozda klubni tark etishi kerak.

Ma’lumot uchun, Mbappe shu yozda “Real Madrid” jamoasiga kelib qo‘shildi va erkin agent sifatida shartnoma imzoladi.

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar