Daryo

US News portali Rossiya armiyasini dunyodagi eng qudratli deb topdi

Markaziy Osiyo davlatlari orasida esa O‘zbekiston armiyasi yetakchilik qilmoqda

1 daqiqa o‘qish45 402 ko‘rishlar0 izoh0

Rossiya armiyasi Amerikaning U.S. News portali tuzgan reytingga asosan dunyoda eng qudratlisi deb topildi. 

Foto: Reuters

Ikkinchi o‘rinni AQSH armiyasi, uchinchi o‘rinni esa Isroil egalladi. To‘rtinchi va beshinchi o‘rinlarda mos ravishda Xitoy va Janubiy Koreya joylashgan. Keyingi pog‘onalarni Eron, Britaniya, Ukraina, Germaniya va Turkiya qo‘shinlari egallagan.

US News reytingiga ko‘ra eng yaxshi mamlakatlar ro‘yxatining bir qismi armiyalarni baholashdir. Ushbu ro‘yxatda Rossiya Misr va Polsha oralig‘ida 36-o‘rinni egallagan. Birinchi uchlikka Shveysariya, Yaponiya va AQSH kirgan.

Jahonning eng kuchli armiyalari reytingiga Markaziy Osiyo davlatlari ham kirdi. O‘zbekiston mintaqadagi yetakchi harbiy kuchlardan biri sifatida o‘z mavqeini mustahkamlab, 19-o‘rinni egalladi. Eng yaxshi mamlakatlar reytingida esa 74-o‘rin. Qozog‘iston harbiy qudrati va jangovar qobiliyatining yuqori darajasini namoyish etib, 22-o‘rinni egallab turibdi, eng yaxshi mamlakatlar reytingida 83-o‘rinda.

US News portalining eng yaxshi mamlakatlar reytingi global so‘rovnoma asosida tuzilgan. Unda butun dunyodan deyarli 17 ming kishi ishtirok etgan, so‘rovnoma 22-martdan 23-maygacha o‘tkazilgan. Ishtirokchilar tadqiqotchilar tomonidan taqdim etilgan 73 ta xususiyatning qaysilarini ma’lum bir mamlakat bilan bog‘lashlarini baholagan. Shundan so‘ng davlatlar reytingi ballik tizimda hisoblab chiqilgan.

2024-yil boshida Global Firepower kompaniyasi ekspertlari armiyalarning navbatdagi reytingini taqdim etgandi. Unda Rossiya qurolli kuchlari AQSHdan keyin ikkinchi o‘rinda bo‘lgan. Uchinchisida Xitoy, to‘rtinchisida Hindiston, beshinchisida Janubiy Koreya armiyasi bor edi. Ukraina qurolli kuchlari 18-o‘rinni egallagan. Isroil armiyasi esa 17-o‘rinda edi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar