Daryo

Netflix tomonidan taqdim etilgan eng yaxshi 5 ta koreys seriali (treyler) 

So‘nggi kunlarda Netflix platformasida eng yuqori o‘rinni egallagan koreys dramalari haqida qisqacha

2 daqiqa o‘qish87 261 ko‘rishlar0 izoh0

Janubiy Koreya madaniyati dunyo kinematografiyasiga o‘z ta’sirini kengaytirayotganiga shubha yo‘q. “Eng yaxshi film” nominatsiyasida “Oskar”ni qo‘lga kiritgan “Parazitlar” (2019) filmi bunga yaqqol misoldir. Koreys seriallari bugungi kunda juda keng miqyosdagi tomoshabinlarni jalb qilmoqda va Netflix kompaniyasi so‘nggi yillarda dramalarga 2,5 milliard dollardan ortiq sarmoya kiritib kelmoqda.

Foto: Dzen

Quyida so‘nggi kunlarda Netflix’da eng ko‘p tomosha qilinayotgan koreys seriallarini e’tiboringizga havola etamiz.

“Yaxshi hamroh” (굿파트너)

Foto: Dzen

Ushbu serial hayotga va ishga turlicha dunyoqarashga ega bo‘lgan 2 advokat haqida. Chan Na Ra rolini ijro etgan qahramon 17 yildan beri ajrim bo‘yicha mutaxassis bo‘lib ishlaydi. Ammo kunlarning birida uning o‘zi ajrim yoqasiga keladi va o‘zini mijozlari o‘rnida topadi.

“Shinam uy” (스위트홈)

Foto: Dzen

Iyul oyining o‘rtalarida maktab o‘quvchisi Hyon Su haqidagi dramaning 3-mavsumi boshlandi. Syujetga ko‘ra, shahar aholisi sirli ravishda yirtqich hayvonlarga o‘xshab qoladi. Bosh qahramon o‘z qo‘shnilari bilan birga hayot uchun kurashishga majbur bo‘ladi.

“Iva” (이브)

Foto: Dzen

Mazkur 2022-yilgi drama hanuzgacha koreys kinosi ixlosmandlarining e’tiboridan chetda qolmayapti. Serialda 13 yil davomida rejalashtirilgan qasos va u bilan bog‘liq nikohni bekor qilish jarayoni haqida hikoya qilinadi.

“Kundan tungacha o‘zgacha” (낮과 밤이 다른 그녀)

Foto: Dzen

Ushbu koreys dramasi 2024-yil iyun o‘rtalarida taqdim etilgan. Voqealar markazida uzoq yillardan beri davlat xizmatchisi bo‘lish uchun imtihonga tayyorlanayotgan Mi Jin ismli qiz turadi. Kechalarning birida qahramon to‘satdan uyg‘onib ketadi va u o‘zini umuman boshqa inson — 50 yoshli Im Sunning tanasida ekanligini anglab yetganida vahimaga tushadi.

“Bo‘ron” (돌풍)

Foto: Dzen

Netflix tomonidan ishlab chiqilgan mazkur yangi serial Janubiy Koreyadagi siyosiy kurashlar haqida hikoya qiladi. Bosh vazir Pak Don Ho mamlakat prezidentini korrupsiyada ayblab, uni jazolashga harakat qiladi. Ammo Don Ho maqsadiga yetishi uchun o‘zining o‘rinbosari Chon Su bilan to‘qnashishiga to‘g‘ri keladi.

Soliyeva Sevaraxon Akram qizi. 1996-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2018-yilda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Tarjima nazariyasi va amaliyoti yo‘nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar