Daryo

APL. “Arsenal” va “Liverpul” o‘rtasidagi bahsda jangovar durang qayd etildi 

Premyer Ligada 9-turning markaziy o‘yini bo‘lib o‘tdi

1 daqiqa o‘qish8 079 ko‘rishlar0 izoh0

Futbol bo‘yicha Angliya chempionatining 9-turidan o‘rin olgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda “Arsenal” o‘z maydonida “Liverpul” jamoasi bilan kuch sinashdi.

Foto: Getty Images

Uchrashuvning 9-daqiqasida Bukayo Saka londonliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. 18-daqiqada Virjil van Deyk muvozanatni tikladi. Birinchi bo‘lim oxirida Mikel Merino “kanonirlar”ning ikkinchi goliga mualliflik qildi.

Ikkinchi bo‘limda esa jamoalar bir-birining darvozasi oldida xavfli vaziyatlarni yaratdi. 81-daqiqaga kelib, Muhammad Saloh hisobni tenglashtirdi. Shu tariqa o‘yin 2:2 hisobidagi jangovar durang bilan yakunlandi.

Ushbu durangdan keyin mersisaydliklar 22 ochko to‘pladi va 2-o‘ringa tushdi. “Arsenal” esa 18 ochko bilan 3-o‘rindan joy oldi. 

APL

9-tur

27-oktyabr, yakshanba

“Arsenal” — “Liverpul” 2:2

Gollar: 1:0 – 9 Saka, 1:1 – 18 van Deyk, 2:1 – 43 Merino, 2:2 – 81 Saloh.

“Arsenal”: Rayya, Timber (Lyuis-Skelli, 76), Gabriel (Kiver, 54), Uayt, Parti, Martinelli (Nvaneri, 85), Merino, Rays, Saka (Gabriel Jezus, 85), Haverts, Trossard.

“Liverpul”: Kelleher, Robertson (Simikas, 63), van Deyk, Konate, Aleksander-Arnold, Mak Allister (Soboslai, 63), Gravenberx, Dias (Gakpo, 63), Jons (Endo, 90+1), Saloh, Nunyes.

Ogohlantirishlar: Mak Allister (33), Rayya (66), Slot (72), Nunyes (90+4), Gabriel Jezus (90+8).

Navoiy viloyatidanman. Samarqand Davlat Universitetining Psixologiya yoʻnalishini tamomlaganman. “Daryo”da 2021-yildan buyon Sport boʻlimida muxbir lavozimida ishlayman va jahon, oʻzbek sportida yuz berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. “Ideal kunlar” mening eng sevimli filmim. Kitoblardan esa Oldos Hakslining “Oo, ajib yangi dunyo” asari menga juda yoqadi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar