Daryo

“Natija o‘yinning qay tarzda o‘tganini bildirmaydi”. “El-klasiko”dan so‘ng ikkala jamoa murabbiylari o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi 

Karlo Anchelotti hamda Hans-Diter Flik o‘z taassurotlari bilan bo‘lishdi

1 daqiqa o‘qish41 854 ko‘rishlar0 izoh0

Futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatining 11-turida “Barselona” “Real” ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi.

Uchrashuvdan so‘ng jamoalar bosh murabbiylari o‘z fikrlari bilan bo‘lishdi.

Foto: Getty Images

O‘yinning yaxshi boshladik, birinchi bo‘limda ham zo‘r o‘ynadik. Himoya yuqori darajada harakat qildi, bu xavfli ko‘ringa bo‘lishi mumkin, ammo aslida unday emas. Bu ish berdi. Tanaffusda esa to‘g‘ri qaror qabul qila oldik.

Futbolchilar yaxshi mehnat qildi. Raqib darvozasi oldida o‘z mahoratlarini ko‘rsata oldi. Barcha futbolchilar himoyada qanday bo‘lsa, hujumda ham shunday harakat qilish kerakligini bilardi.

Bugun qiyin kun bo‘ldi, lekin yaxshi o‘ynadik. O‘z g‘oyamizga ishonamiz. Xuddi shu shijoat bilan davom etishimiz kerak.

Bugungi natijamizdan xursandman. Ortga qaramayman.

Hans-Diter Flik, “Barselona” bosh murabbiyi

Foto: Getty Images

Natija o‘yinning qay tarzda o‘tganini bildirmaydi. Birinchi bo‘lim yoqdi. Ular gol urishganda biz kuchimizni yo‘qotdik.

Mbappe 3-4 ta gol urishi mumkin edi, bizga ko‘proq aniqlik yetishmadi.

Xafa bo‘ldik. Bu qiyin lahzalar. Biroq, taslim bo‘lmaymiz, mavsum uzoq davom etadi. Oxirgi marotaba “Barselona”ga 0:4 hisobida mag‘lub bo‘lganimizda biz La Liga va Chempionlar Ligasida g‘alaba qozongan edik.

Karlo Anchelotti, “Real” bosh murabbiyi

Navoiy viloyatidanman. Samarqand Davlat Universitetining Psixologiya yoʻnalishini tamomlaganman. “Daryo”da 2021-yildan buyon Sport boʻlimida muxbir lavozimida ishlayman va jahon, oʻzbek sportida yuz berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. “Ideal kunlar” mening eng sevimli filmim. Kitoblardan esa Oldos Hakslining “Oo, ajib yangi dunyo” asari menga juda yoqadi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar