Daryo

Istanbulda “Manchester Yunayted” muxlislari do‘pposlandi (video)

Mehmonlarning ikki muxlisi shisha va lom bilan urilishi oqibatida jarohat olgan

1 daqiqa o‘qish6 335 ko‘rishlar0 izoh0

Istanbulda bo‘lib o‘tgan Yevropa Ligasi o‘yini oldidan “Manchester Yunayted” muxlislari “Fenerbahche” muxlislari tomonidan hujumga uchradi.

Qayd etilishicha, turk klubining 50 ga yaqin muxlisi o‘yinga kelgan “Yunayted” muxlislari guruhiga hujum qilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan kadrlarda hujum Grand Hisar mehmonxonasi yaqinida sodir bo‘lganini ko‘rish mumkin. Natijada bir necha kishi jarohatlangan.

“X” ijtimoiy tarmog‘ida Bogaz Bezorilari bu kadrlar bilan maqtanib “Bu ISTANBUL!” deya izoh qoldirgan.

Hujumga uchragan “qizil iblislar” muxlisi StrettyNews’ga besh kishilik guruhga g‘azablangan olomon hujum qilganini aytib berdi.

“Bizni 50 ga yaqin odam qurshab oldi. Bir yigit ko‘chada orqamdan yurib, o‘zini yordam bermoqchi bo‘lgandek ko‘rsatdi va jag‘imga musht tushirdi”, deydi Angliya klubi muxlisi.

Mehmonlarning ikki muxlisi shisha va lom bilan urilishi oqibatida jarohat olgan. 

Ma’lumot uchun, ushbu uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar