Daryo

Basketbol tarixida ilk bor ota va o‘g‘il birgalikda bahslarda qatnashdi

NBA tarixida o‘yinchilar ligaga otalaridan keyin qo‘shilgan 100 ga yaqin holatlar bo‘lgan, biroq ular bir vaqtning o‘zida birinchi marta o‘ynadi. Mavsumning ilk o‘yinida Lebron Jeyms va uning o‘g‘li birga bahsda qatnashdi

1 daqiqa o‘qish7 282 ko‘rishlar0 izoh0

“Los-Anjeles Leykers” klubi a’zolari Lebron va Bronni Jeyms Milliy Basketbol Assotsiatsiyasi (NBA) bahslarida o‘ynagan birinchi ota-o‘g‘il dueti sifatida tarixga kirdi. Ular “Minnesota Timbervulvz”ga qarshi mavsumning ochilish o‘yinida birgalikda kortga chiqdi.

Foto: Getty Images

23-oktyabr, chorshanba kuni “Los-Anjeles Leykers” NBA’ning 2024—25-yilgi mavsumining dastlabki o‘yinida o‘z maydonida “Minnesota Timbervulvz”ni mag‘lub etdi. Uchrashuv 110:103 hisobida yakunlandi. Uchrashuvning eng sermahsul o‘yinchisi “Leykers” jamoasi a’zosi Entoni Devis bo‘ldi (36 ochko). 

Lebron Jeymsning o‘g‘li Bronni Jeyms “Leykers” safida debyut qildi. NBA’da birinchi marta ota va o‘g‘il bir jamoada bitta o‘yinda birga o‘ynadi. Ular ikkinchi chorak tugashiga to‘rt daqiqa qolganda o‘yinga qo‘shild. Lebron o‘yinni 16 ochko bilan yakunladi, Bronni bitta to‘p kiritdi.

NBA tarixida o‘yinchilar ligaga otalaridan keyin qo‘shilgan 100 ga yaqin holatlar bo‘lgan, biroq ular bir vaqtning o‘zida birinchi marta o‘ynadi.

Lebronning o‘zi o‘g‘li bilan o‘ynash u uchun haqiqiy zavq ekanini aytgandi.

“Bu bugun yoki keyinroq sodir bo‘ladimi, farqi yo‘q, bu men uchun ahamiyatli voqea bo‘lib qoladi. Bu men uchun chinakam zavq beradi”, degan edi afsonaviy basketbolchi.

Lebron Jeyms 39 yoshda. U 2003-yil 29-oktyabrda NBA’da debyut qilgan. U to‘rt karra NBA chempioni bo‘lgan.

Iyul oyida Lebron “Los-Anjeles Leykers” bilan yangi shartnoma imzoladi. Shartnoma ikki yilga mo‘ljallangan bo‘lib, bu muddat davomida basketbolchi 104 million dollar ishlab topadi.

NBA muntazam mavsumi 2025-yil 13-aprelda yakunlanadi.

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar