Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 23-oktyabrda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollar 12,76 so‘mga ko‘tarilib, 12 817,85 so‘m bo‘ldi. Yevro 24,61 so‘mga tushib, 13 865,07 so‘m bo‘ldi. Rubl 0,15 so‘mga pastlab, 132,95 so‘mni tashkil etdi.
Bundan avval dollar 10,04 so‘mga pastlab, 12 805,09 so‘m bo‘lgandi. Yevro va rubl kursi ham tushgandi. Dollar rasmiy kursi birinchi marta 15-oktyabrda 12 800 so‘mdan oshdi.
O‘zbekiston oltin-valyuta zaxirasi bu yil ilk bor 40 milliard dollardan oshdi. Aholining milliy valyutadagi depozitlari 50 foiz o‘sdi.
Izoh (0)