Daryo

Italiya mafiyasining “cho‘qintirgan otasi” qo‘lga olindi (video)

Politsiya xalqaro qidiruvdagi narkobaronni bilyard o‘yiniga bo‘lgan ishtiyoqi tufayli qo‘lga olishga muvaffaq bo‘ldi

1 daqiqa o‘qish12 040 ko‘rishlar0 izoh0

Kolumbiyaning Medelin shahrida italiyalik Gustavo Nochella (Germes) qo‘lga olindi. Politsiya uni Italiya mafiyasining yana bir “cho‘qintirgan otasi“ va dunyodagi eng ko‘p qidiruvda bo‘lgan narkobaronlardan biri deb ataydi. Bu haqda Semana xabar berdi.

Foto: Videodan kadr

58 yoshli Germesni bilyard o‘yiniga bo‘lgan ishtiyoqi tufayli qo‘lga olishga muvaffaq bo‘lishdi. Kolumbiya politsiyasi italiyalik hamkasblari, Yevropol va Britaniya bilan hamkorlikda narkobaronni hibsga olish operatsiyasini o‘tkazdi. 

Kolumbiya politsiya boshlig‘i Uilyam Rene Salamanka jinoyatchini bilyard stoli fosh etgani haqida maʼlum qildi. Jumladan, Germes har uch oyda kvartirasini almashtirgan, ammo har bir yangi uyiga bilyard stoli buyurtma qilgan.

Taʼkidlanishicha, Germes “Rinaldi-Formikola, Amato-Pagano va De Mikko klanlari hamda Janubiy Amerika mafiyasi o‘rtasidagi bog‘lovchi bo‘g‘in“ hisoblanadi. U giyohvand moddalarning yirik partiyalari savdosi bilan shug‘ullangani aytilmoqda. Operatsiyaga tayyorgarlik yarim yil davomida olib borildi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar