Daryo

Turkiyada davlat to‘ntarishiga urinishda ayblangan Fathulloh Gulen vafot etdi

Gulen 1999-yildan beri AQSHda yashab kelayotgandi. Turkiya uni ekstraditsiya qilishni 7 marotaba rasman so‘ragandi

1 daqiqa o‘qish7 733 ko‘rishlar0 izoh0

Turkiyada 2016-yil davlat to‘ntarishiga urinishda ayblangan Fathulloh Gulen AQSHda vafot etdi. Bu haqda Hurriyet gazetasi xabar berdi.

Foto: AAP

Turkiyada terrorchi deb tan olingan FETO tashkiloti rahbari Gulen 83 yoshda bo‘lgan. Turkiya hukumati tashkilotni 2016-yil iyul oyida davlat to‘ntarishiga urinishda ishtirok etganlikda ayblagandi. Bir necha yil davomida uning tarafdorlari ommaviy ravishda hibsga olingan. Turkiya 83 ta davlatdan ularni berishni talab qilgan.

1999-yildan beri AQSHda yashab kelayotgan Gulen davlat to‘ntarishiga aloqadorligini inkor etgan. 2018-yilda Turkiya hukumati 2016-yil Rossiya elchisi Andrey Karlovning o‘ldirilishi ishi bo‘yicha FETO harakatining sakkiz nafar a’zosini, shu jumladan Gulenni hibsga olish uchun order bergandi.

Turkiya Adliya vazirligi Gulenning ekstraditsiyasini yetti marotaba rasman so‘ragan, bu 27 xil ayblovlar bilan bog‘liq. Xususan, unga konstitutsiyaviy tuzumni bekor qilishga urinish, qurollangan terrorchilik tashkilotini yaratish va unga rahbarlik qilish, Turkiya hukumatini ag‘darishga urinish va uning vazifalarini bajarishiga to‘sqinlik qilish kabi ayblovlar shular qatoriga kiradi. Gulen “birinchi raqamli ayblanuvchi” sifatida 45 ta ish bo'yicha sudlangan, deb xabar bermoqda Haberturk.

Gulen asoschi bo‘lgan “Hizmet” harakati xayriya tashkilotlari, media kompaniyalari, ta’lim muassasalari va boshqa tashkilotlarni o'z ichiga oladi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar