Daryo

Kamoliddin Tojiyev: “Iroqqa faqat g‘alaba uchun keldik” 

“Paxtakor” murabbiyi OCHL 3-turidan o‘rin olgan “Ash-Shorta”ga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirdi

1 daqiqa o‘qish16 308 ko‘rishlar0 izoh0

“Paxtakor” murabbiyi Kamoliddin Tojiyev OCHL 3-turidan o‘rin olgan “Ash-Shorta”ga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirdi.

Foto: “Pakhtakor” FC
“Iroqqa g‘alaba uchun keldik. Shuni aytishim kerakki, raqib jamoaning OCHLdagi o‘yinlari ancha mazmunli. Umuman olganda bu turnirda kuchsiz jamoaning o‘zi yo‘q. Ertaga ularga muxlislar ham yordam beradi. Stadion to‘ladi, deyishdi. Albatta, biz muxlislar uchun chiroyli o‘yin ko‘rsatishga harakat qilamiz”, deydi murabbiy.

Murabbiy tarkibdagi yo‘qotishlar haqida ham to‘xtaldi.

“Faqat Diyor Xolmatov yo‘q. U milliy jamoa yig‘inidan jarohat bilan qaytgan. Qolgan hamma biz bilan. 

“Ash-Shorta” “An-Nassr” (1:1) bilan shunchaki zo‘r o‘ynadi. “Al-Hilol”ga (0:5) qarshi o‘yin bu — futbol. Sen ko‘p zarba berasan — gol bo‘lmaydi, ba’zan hujum qilmay ko‘p gol urasan”, deya Tojiyevning so‘zlarini keltiradi klub matbuot xizmati.

Ma’lumot uchun, amaldagi O‘zbekiston chempion o‘tgan ikki turda 1 ochko to‘pladi va 12 jamoa orasida 8-o‘rinni egallab turibdi.

“Paxtakor”ning Iroq klubiga qarshi uchrashuvi bugun, 21-oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar