Daryo

Superliga. “Bunyodkor” safarda “Lokomotiv” ustidan g‘alaba qozondi 

Superliganing 21-turidan o‘rin olgan navbatdagi bahs bo‘lib o‘tdi

1 daqiqa o‘qish6 872 ko‘rishlar0 izoh0

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 21-turidan o‘rin olgan bahslar 19-oktyabr shanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: “Lokomotiv”

“Lokomotiv” derbida “Bunyodkor” klubini qabul qildi. Uchrashuvning 13-daqiqasida Valeriy Kichin penaltidan hisobni ochdi. 25-daqiqada ajoyib hujumdan so‘ng Andriya Filipovich hisobni tenglashtirdi. 38-daqiqada Valeriy Kichin mezbonlarni oldinga olib chiqdi. Birinchi bo‘lim shu hisobda yakunlandi.

Ikkinchi bo‘lim teng kurashlar ostida o‘tdi. 68-daqiqada “Bunyodkor” vakili Ahmadullo Muqumjonov hisobni tenglashtirdi.

86-daqiqada Kachori mehmonlarni oldinga olib chiqdi. Shu tariqa “Bunyodkor” mehmonda qiyin o‘yincha 3 ochkoni qo‘lga kiritdi. 

 

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar