Daryo

Zidan “Manchester Yunayted”ni boshqarishi mumkin

51 yoshli fransiyalik mutaxassis 2021-yilning yozidan beri ishsiz qolmoqda

1 daqiqa o‘qish18 839 ko‘rishlar0 izoh0

“Real”ning sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan “Manchester Yunayted”ni boshqarishi mumkin.

Foto: Getty Images

The Independent xabariga ko‘ra, Ineos (“Manchester Yunayted” klubining xo‘jayinlaridan biri) ning sport sektori bosh direktori Jan-Klod Blan fransiyalik mutaxassis Zinedin Zidan bilan doimiy aloqada.

Qayd etilishicha, Blan ham “Manchester Yunayted” klubi xo‘jayini Jim Retkliff kabi “Real”ning sobiq ustoziga anchadan beri muxlislik qilib kelgan.

51 yoshli fransiyalik mutaxassis 2021-yilning yozidan beri ishsiz qolmoqda. “Real Madrid” klubini tark etgach, murabbiy boshqa klublar taklifini ko‘rib chiqmadi.

Avvalroq mutaxassis Fransiya termasini boshqarishini xohlayotganini ma’lum qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Zinedin Zidan “Real”ni 2016—2018 va 2019—2021 yillar davomida boshqargan. Fransiyalik murabbiy “qirollik klubi” bilan birgalikda ikki karra Ispaniya chempioni, ikki karra Ispaniya Superkubogi va uch karra Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘lgan.

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar