Daryo

O‘zbekiston terma jamoasi yordamchi murabbiyi: Noxush an’anaga chek qo‘ya oldik

BAAga qarshi o‘yindan so‘ng O‘zbekiston terma jamoasi vakillari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi

1 daqiqa o‘qish27 394 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekiston milliy jamoasi yordamchi murabbiyi Vlado Radmanovich JCH—2026 saralashi 4-turidan o‘rin olgan BAA (1:0) bilan o‘yindan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida o‘z fikrlarini bildirdi.

Foto: O‘FA

BAAni avval uyda hech qachon mag‘lub etmagandik, bu noxush an’ana ham o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Birinchi bo‘limda yaxshi o‘ynay olmadik. Biroq, ikkinchi bo‘lim kutganimizdek bo‘ldi. Muxlislarga rahmat aytaman. 

Realizatsiya bo‘yicha muammolarimiz bor. Bu endi futbolchilarga ham bog‘liq. Ba’zan soniyalar ichida qaror qabul qilishga to‘g‘ri keladi.

Vaziyatdan kelib chiqib, ikkinchi hujumchini tushirish qaroriga keldik. Katanes bilan ham aloqada bo‘lib turdik. Bosh murabbiy qizil kartochkadan so‘ng darhol biz bilan aloqaga chiqdi va maslahatlashdi.

Mundialga yaqinlashganimiz sari futbolchilarda bosim kuchayayotgani bor gap. Ruhiy tayyorgarlik borasida ham ishlayapmiz.

10 ochko jamg‘ara oldik? Barcha o‘yinlarda maksimal ochko olishga harakat qilmoqchi edik. Noyabr oyidagi o‘yinlar bo‘yicha esa bosh murabbiyning o‘zi reja tuzadi.

Vlado Radmanovich, O‘zbekiston terms jamoasi yordamchi murabbiyi

Navoiy viloyatidanman. Samarqand Davlat Universitetining Psixologiya yoʻnalishini tamomlaganman. “Daryo”da 2021-yildan buyon Sport boʻlimida muxbir lavozimida ishlayman va jahon, oʻzbek sportida yuz berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. “Ideal kunlar” mening eng sevimli filmim. Kitoblardan esa Oldos Hakslining “Oo, ajib yangi dunyo” asari menga juda yoqadi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar