Daryo

BAA ustidan g‘alaba qozongan o‘zbekistonlik futbolchilar qanday baholandi?

Sofascore portali uchrashuvda qatnashgan futbolchilarning harakatiga baho berdi

1 daqiqa o‘qish36 932 ko‘rishlar0 izoh0

Futbol bo‘yicha 2026-yilgi Jahon chempionati saralashining 4-turidan o‘rin olgan O‘zbekiston — BAA uchrashuvida mezbonlar kichik hisobda g‘alaba qozondi.

Sofascore portali ushbu bahsda harakat qilgan futbolchilarga qo‘yilgan ballarni e’lon qildi. Unga ko‘ra, o‘zbekistonlik yarim himoyachi Otabek Shukurov 8,1 ballga loyiq ko‘rilgan. Aynan u belgilangan penaltini golga aylantirib milliy jamoa g‘alabasini ta’minladi. O‘zbekiston milliy jamoasi darvozaboni O‘tkir Yusupov va himoyachi Husniddin Aliqulov 7,9 ball olgan bo‘lsa, yana bir yarim himoyachi Jaloliddin Masharipov 7,7 ballga loyiq ko‘rilgan. 

Foto: Sofascore

Qiziqarlisi, O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov asosiy tarkibdan o‘rin olgan futbolchilar orasida eng past baho olgan. Zaxiradan maydonga qo‘shilgan Bobir Abdixoliqov va Hojimat Erkinov ham portal tomonidan 7 balldan kamroqqa baholangan.

Mehmonlar tarkibida himoyachi Xalifa Muborak 7,2 ballga loyiq ko‘rilgan. 14-raqamli Abdulla Hamad qizil kartochka olib jamoasini qiyin ahvolga solib qo‘ydi. U o‘yinchilar orasidagi eng past — 6,0 ballga loyiq ko‘rilgan.

Ma’lumot uchun, 4-turda O‘zbekiston milliy jamoasi o‘z uyida BAA ustidan kichik hisobda g‘alaba qozondi.

O‘zbekiston 5-tur uchrashuvini safarda o‘tkazadi. 14-noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan o‘yinda O‘zbekistonga Qatar raqiblik qiladi.

Erkinjon G‘aybullayev

bosh muharrir o‘rinbosari

Erkinjon G‘aybullayev

Erkin G‘aybullayev 1992-yilda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti — oliy. Samarqand davlat chet tillar institutini tugatgan. Magistraturani Janubiy Koreyadagi Namseul universitetida o‘qigan. Ingliz, rus tillarini mukammal biladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar