Daryo

Jamshid Iskanderov BAAga qarshi o‘yin oldidan: Oson o‘yin bo‘lmaydi

O‘zbekiston terma jamoasi futbolchisi saralash o‘yinidan oldin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi

1 daqiqa o‘qish9 716 ko‘rishlar0 izoh0

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi JCH—2026 saralashi doirasida Eron bilan durang o‘ynadi, BAA bilan esa 15-oktyabr kuni to‘qnash keladi.

Foto: O‘FA

Uchrashuv oldidan terma jamoa futbolchisi Jamshid Iskanderov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Charchoqlar chiqdi. O‘yinga hamma 100 foiz tayyor.

Oson o‘yin bo‘lmaydi. Uch ochko qo‘lga kiritishga harakat qilamiz. BAA ham yaxshi jamoa. Ularda oldingi chiziqda individual yaxshi harakat qilivchi 1-2 nafar o‘yinchilari bor. Ammo faqat g‘alaba uchun maydonga chiqamiz. 

Havoga keladigan bo‘lsak, juda ham zo‘r. Ammo yomg‘ir biroz maydonda xalaqit qiladi.

Har bir o‘yinchining yo‘qligi bilinadi. Ammo ularning o‘rnini yopa oladigan bolalar bor.

Jamshid Iskanderov, O‘zbekiston terma jamoasi futbolchisi

Eslatib o‘tamiz, BAAga qarshi o‘yin 15-oktyabr kuni 19:00 da start oladi.

Navoiy viloyatidanman. Samarqand Davlat Universitetining Psixologiya yoʻnalishini tamomlaganman. “Daryo”da 2021-yildan buyon Sport boʻlimida muxbir lavozimida ishlayman va jahon, oʻzbek sportida yuz berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. “Ideal kunlar” mening eng sevimli filmim. Kitoblardan esa Oldos Hakslining “Oo, ajib yangi dunyo” asari menga juda yoqadi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar