Daryo

Katta aktyorlarning kichik obrazlari: Filmlarda epizodik rollarni ijro etgan Gollivud yulduzlari (foto)

Ular eng talabgir aktyorlar bo‘lsa ham takabburlik qilmay, ikkinchi darajali rollarni ijro etishdan uyalmaydi

2 daqiqa o‘qish17 676 ko‘rishlar0 izoh0

Mazkur aktyorlar “Oskar” sovrindorlari-yu Gollivudning eng talabgir aktyorlari bo‘lsa ham takabburlik qilmay, ikkinchi darajali rollarni ijro etishdan uyalmagan.

Kris Evans — “Bosh qahramon”

“Bosh qahramon” filmi tomoshabinlarni videoo‘yin dunyosiga olib kiradi va syujet Yigit laqabli oddiy o‘yin qahramoni atrofida aylanadi. Bir kuni Yigit nimadir noto‘g‘ri ekanligini sezadi va tez orada u videoo‘yin qahramoni ekanligini tushunadi. U bu haqiqatga ishonmaydi va haqiqiy dunyoga qaytish uchun kurashadi.

Bir kadrda Yigit o‘zining nusxasi bilan jang qiladi va Kapitan Amerikaga tegishli qalqonni ishlatadi. Shundan so‘ng Kris Evansni taklif qilish fikri ham paydo bo‘ladi. U o‘sha paytda “Jeykobni himoya qilish” filmi suratga olish jarayonida aynan shu shaharda edi. Rayan Reynolds unga qo‘ng‘iroq qilib, 10 daqiqalik bir sahnada ishtirok etishni taklif qiladi. Evans rozi bo‘ladi, lekin transport masalasi muammo edi. Ammo rayan buning yo‘lini ham topadi. Krisni restoranga olib kelib, barcha derazalarni qora pardalar bilan yopishadi. U ishtirok etgan kadrni tezda suratga olishadi va Evans 10 daqiqa ichida ortga qaytib ketadi.

Mett Deymon, Lyuk Xemsvort va Sem Nil - “Tor: Ragnaryok”

“Tor: Ragnaryok” Marvel kinematik olamining muxlislarini nafaqat Tor xarakterining o‘zgarishi, balki film boshida epizodik rol ijro etgan kutilmagan yulduzlar triosi bilan hayratda qoldiradi. Tor Asgardga qaytganidan so‘ng, u Odinni Loki, Tor va Odin ishtirok etgan spektaklni tomosha qilayotganini ko‘radi. Qizig‘i shundaki, Lokini — Mett Deymon, Torni — Lyuk Xemsvort, Odinni — Sem Nil ijro etgan. Bu uch aktyorning kastingi sir saqlanib, hatto ssenariy muallifi ham pyesa aktyorlarini kim o‘ynashini bilmasdi.

Tom Kruz, Gvinet Peltrou, Kevin Speysi, Denni De Vito, Jon Travolta, Stiven Spilberg va boshqalar — “Ostin Pauers: Goldmember”

Filmning so‘nggi daqiqalarida tomoshabinlar e’tiborini yulduz aktyorlar tarkibi egallab olishdi. Film oxirida sodir bo‘lgan voqealar asosida o‘ylab topilgan manzara treyleri namoyish etiladi. Tom Kruz — Ostin Pauers, Gvinet Peltrou — Lena Golovoch, Kevin Speysi — Yovuz Doktor, Denni De Vito — Mini-Mi, Jon Travolta — Goldmember, Stiven Spilberg esa film rejissyori rolini iojro etadi.

Xyu Jekman — “G‘aroyib odamlar: birinchi klass”

Rosomaxa “G‘aroyib odamlar”ning ajralmas qismi bo‘lsa-da, “G‘aroyib odamlar: Birinchi klass” filmida unga besh soniyalik ko‘rinish berilgan, chunki u xronologiyaga ko‘ra hali jamoaga qo‘shilmagandi. 

Qizig‘i shundaki, Xyu Jekman ikki sababga ko‘ra: u bu syujetda Rosomaxaning ishtirok etishini ideal deb hisoblaydi va filmda so‘kinadigan yagona odam bo‘lganligi uchun filmda o‘ynashga rozi bo‘ladi.

Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida tug‘ilganman. Hozirda Alisher Navoiy nomidagi davlat Adabiyot muzeyida tayanch doktorantura (PhD)da o‘qiyman. “Daryo”da 2018-yildan beri musahhih va muxbir lavozimida ishlayman. Sevib o‘qiydigan kitoblarim juda ham ko‘p: Nodar Dumbadze “Abadiyat qonuni”, Harper Li “Mazaxchining o‘ldirilishi”, Gabriel Garsia Markes “Yolg‘izlikning yuz yili”, Chingiz Aytmatov “Kassandra tamg‘asi”, Mixail Bulgakov “Usta va Margarita”, O‘tkir Hoshimov “Ikki eshik orasi”, Ulug‘bek Hamdam “Sabo va Samandar”... Sevimli filmlarim ham turli janrda: DiKaprio ishtirokidagi “Ibtido” va “La’natlanganlar oroli”, “Shoushenkdan qochish”, “Yo‘-yo‘l pijamali bolakay”, “Ameli”, “Qotillikni xotirlab”. Bundan tashqari, Hayao Miyazakining animelari jon-u dilim.

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar